Nemrut togʻi
Nemryt toği | |
---|---|
Boshqa nomi | turkcha: Nemrut Dağı |
Joylashuvi | Turkiya Adıyaman |
Koordinatalar | 37°58′54″N 38°44′28″E / 37.98167°N 38.74111°E |
Balandligi | 2150 m |
Nemrut togʻi — (turkcha: Nemrut Dağ yoki Nemrut Dağı, grekcha: Όρος Νεμρούτ, armancha: Նեմրութ լեռ, forscha: کوه نمرود, kurdcha: Çiyayê Nemrûd)Turkiyaning Adıyaman[1] viloyatida joylashgan 2 150 metr balandlikdagi togʻdir. U Toros togʻ tizmasida, Ankar togʻlari atrofida, Kaxta shahri yaqinida joylashgan.[2] 1987-yilda UNESCO tmonidan Jahon merosi roʻyxatiga kiritilgan Nemrut togʻi 1988-yilda tashkil etilgan Nemrut togʻi milliy bogʻi bilan himoyaga olingan.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Togʻ qadimgi davrlarda „Kommageniya“ nomi bilan mashhur boʻlgan ushbu hududdan topilgan arxeologik qoldiqlar joylashgan. Antioxos tumori va bu yerdagi ulkan haykallar, Eskikale, Yenikale, Karakush Tepe va Jendere koʻprigi milliy bogʻdagi madaniy qadriyatlardir.[2] Sharq va gʻarbiy ayvonlarda sher va burgut haykallari, shuningdek, Antioxos va xudo-maʼbuda haykallari oʻrnatilgan. Gʻarbiy terastada noyob arslon rasmi chizilgan munajjimlar bashorati joylashgan. Arslonda 16 ta nurdan iborat 3 ta yulduz bor va ular Mars, Merkuriy va Yupiter sayyoralarini ifodalaydi. Bu tarixdagi eng qadimgi munajjimlar bashoratidir.[3]
Haykallar ellinistik, fors sanʼati va Kommageniya mamlakatining oʻziga xos sanʼatini aralashtirish orqali oʻyilgan. Shu maʼnoda Nemrut togʻini „gʻarb va sharq sivilizatsiyasining koʻprigi“ deyish mumkin.[4]
Miloddan avvalgi 62-yilda Kommagen qiroli Antiox Teos bu togʻ tepasida oʻzining qabri-maʼbadini, shuningdek, koʻplab yunon va fors xudolarining haykallarini qurgan. Qabrda burgut boshiga oʻxshash xudolarning tosh oʻymakorligi bor. Haykallarning joylashishi ierotatsiya deb ataladi.
Mozorda 1881-yilda nemis muhandisi Karl Sester tomonidan qazish ishlari olib borilgan. Keyingi yillarda olib borilgan qazishmalarda Antioxning qabri topilmadi. 1987-yilda UNESCO tomonidan Jahon merosi roʻyxatiga kiritilgan Nemrut togʻi 1988-yilda tashkil etilgan Nemrut togʻi milliy bogʻi bilan himoyaga olingan.[4]
Geologiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kaxta tumani chegaralaridagi Nemrut togʻida kontinental iqlim xususiyatlari kuzatiladi.[5] Tuman chegaralaridagi Otaturk toʻgʻon koʻli tufayli iqlim tuzilishi sezilarli oʻzgarishlarga uchradi va Oʻrta yer dengizi iqlimi bilan oʻxshashlik koʻrsata boshladi. Ammo yozning oʻrtalarida ham Nemrut togʻida ertablari juda sovuq.[5]
Galereya
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Ahmet Zafer Tel (2009). Contributions to the flora of Nemrut Mountain. https://dergipark.org.tr/en/download/article-file/1192385.
- ↑ 2,0 2,1 „Türkiye Cumhuriyeti Milli Parklar Müdürlüğü "Nemrut togʻi" milli parkı“. 13 eylül 2013da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 22 aralık 2015. (Wayback Machine saytida 2013-09-13 sanasida arxivlangan) Manba xatosi: Invalid
<ref>
tag; name ":0" defined multiple times with different content - ↑ „Nemrut-Komagene“. Mootol.Nemrut,Komagene-Tekin Gün:Araştırma Yazı.9 Mart 2013. 7 aralık 2019da asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ 4,0 4,1 Malatya İl Kültür ve Turizm Müdürlüğü sitesinde Nemrut togʻi bilgi
- ↑ 5,0 5,1 [1] Kahta, Adıyaman sınırlarındaki Nemrut togʻi'nda karasal iklim özellikleri ve millî parkı bilgileri
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Vikiomborda Nemrut togʻi haqida turkum mavjud |
- Nemrut togʻi milliy bogʻi (turk.)
- Nemrut togʻiga virtual sayohat (turk.)
- Nemrut togʻiga maxsus tayyorlangan virtual sayohat (turk.)
- Nemrut togʻining panoramik tasvirlari (turk.)
37°58′54″N 38°44′28″E / 37.98167°N 38.74111°E{{#coordinates:}}: cannot have more than one primary tag per page