Kontent qismiga oʻtish

Neodarvinizm

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Neodarvinizm (neo... va darvinizm) — genetika rivojlanishining ilk bosqichida vujudga kelgan va nemis olimi A. Veysman asos solgan evo-lyusion konsepsiya. N.ning asosida uning taʼlimoti yotadi. Veysman va uning shogirdlari Darvinnnt tabiiy tanlanish evolyusiyaning asosiy omili ekanligi toʻgʻrisidagi taʼlimotini himoya qilib, darvinizm bilan lamarkizmni birlashtirish haqidagi har qanday urinishlarga qatʼiyan qarshi chiqishgan. Ular lamarkizm prinsiplariga qarshi chiqib, passiv adaptatsiya organlarning mashq qilishi natijasida ke-lib chiqishi mumkin emasligini bayon qilishgan. Orttirilgan (tugʻma bulmagan) belgilarning nasldannaslga utishi haqidagi Lamark taʼlimotining notoʻgʻri ekanligini isbot qilishgan. Mantiqan bu toʻgʻri fikrlar Veysmanning "Murtak plazmasining mustaqil-ligi" gipotezasida oʻz ifodasini topgan. Gipotezaga koʻra, har bir organizm somatik (tana) va murtak plazmasidan tashkil topgan. Somatik plazma tashki muhit taʼsirida oʻzgarishi mumkin, ammo muhit murtak plazmasiga taʼsir etmaydi va u kelgusi avlodga turgʻun holda oʻtadi. Veysman murtak plazmasi faqat tashqi muhitdan emas, balki uni himoya qilib turgan tana plazmasidan ham mustaqil boʻladi, degan xato gʻoyani ilgari surgan. Shunga qaramay, uning murtak plazmasi (yadro)ning irsiyatdagi roli toʻgʻrisidagi fikrlari keyinchalik tasdiqlandi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil