Kontent qismiga oʻtish

Neopifagoreizm

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Neopifagoreizm (neo... va pifagoreizm) — miloddan avvalgi 1-a — milodiy 3-asr yunon falsafasidagi oqim. N. namoyandalari: Nigidiy Figul, Apolloniy Tianskiy va boshqa Ular Pifagorning matematik simvolizm metodlarini qayta jonlanti-rib, oʻz qarashlarida yagona—koʻp, monada—diada, aynanlik—tafovut, juft—toq, nuqta—chiziq—tekislikjism tushunchalariga asoslanib fikr yuritdilar. Platonizmtn farqli oʻlaroq, barcha narsaning ibtidosi aql (nus) emas, balki monada—diada deb hisoblar edilar. Keyingi davrda N. falsafada mustaqil oqim sifatida oʻz mavqeini yoʻqotdi, uning ayrim jihatlari neoplatonizmsa. oʻz aksini topdi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil