Neovitalizm
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Neovitalizm (neo... va vitalizm) — biologiyadagi idealistik oqim, vitalizm shakllaridan biri. 19-asrning 2-yarmida "eski" vitalizm oʻrnida paydo boʻlgan. N.ning asoschisi X. Drishning koʻrsatishicha, organizmning yaxlit va garmonik rivojlanishini materiyadan yuqori turadigan dinamik omil, yaʼni "entelexiya" belgilab beradi. Ota-ona uchun xos boʻlgan belgilarning nayelga oʻtishi va oliy nerv faoliyati ana shu entelexiya bilan bogʻliq. Moslashgashshkning nisbiyligi toʻgʻrisidagi Ch. Darvin taʼlimotiga qarama-qarshi oʻlaroq, X.Drish moslashganlikni absolyutlashtiradi va uni entelexiya boshqarib turishini tan oladi. N.ning boshqa taraf-dorlari fikricha, fiziologik jarayonlar va organizmlar rivojlanishining asosini "dominanta", "hayot energiyasi", "kuch maydoni" kabi moddiy boʻlmagan "tashkillashtiruvchi" omillar tashkil etadi. Pirovardida N. teologiya bilan yaqinlashib, biologiya fanining rivojlanishiga moneʼlik qiladi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |