Neper Jon
Qiyofa
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Neper (Napier) Jon (1550, Merchis-tonKasl, Edinburg yaqinida — 1617.4.4) — logarifmlarni kashf qilgan shotland matematigi. Edinburg universitetida oʻqigan. "Logarifmlarning ajoyib jadvali tavsifi" (1614) ishida Neper Jon logarifmlarga taʼrif bergan, ularning xossalari va qoʻllanilishini tushuntirgan. "Logarifmlarning ajoyib jadvalini tuzish" (1619) ishida 1614-yildagi tavsif da bayon etilgan logarifm nazariyasi va oʻnli logarifmlar gʻoyasi bayon qilingan.
Neper Jonga sferik uchburchaklarni logarifmlash uchun bir qator qulay yechish formulalari ham taalluqli[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |