Neruda Pablo
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
NERUDA (Neruda) Pablo (taxallusi; asl ism-sharifi Neftali Rikardo Reyes Basualto) (1904.12.7, Parral shahri - 1973.23.9, Santyago) — Chili shoiri, diplomat. Santyago universitetida taʼlim olgan. Chili Senatining aʼzosi va diplomat sifatida koʻp mamlakatlarda boʻlgan. "Oʻlmaydigan odamning xatarli qadami" (1926) toʻplamida sheʼrning anʼanaviy oʻlchamlari va krfiyalaridan voz kechib, ichki kechinmalarni syurrealizmga yaqin til va obrazlar bilan ifodalagan. "Yashash joyi — Yer" (1933, 2 jild), "Yurakdagi Ispaniya" toʻplamlariga kirgan asarlarida insoniyat ozodligi uchun kurash goyalari aks etgan. N. 1941—44 yillar marksizm bilan qiziqadi, Chili kommunistik partiyasiga aʼzo boʻladi. Shu yillarda Chili prezidentini "AQSH qoʻgʻirchogʻi" deb haqorat qilganliqda ayblanib, hukumat tomonidan taʼqib ostiga olinadi. Neruda Pablo Meksikaga ketadi va u yerda 340 sheʼrdan iborat monumental asari "Umumjahon qoʻshigʻi" (1950)ni yozadi. Asarda Lotin Amerikasining oʻtmishi va buguni marksistik nuqtai nazardan talqin etilgan. Kitob Chilida taqiqlangan, kommunistlar uni yashirin tarqatishga uringanlar. Illoirning 1950—1960 yillar ijodiNeruda Pablo fikr doirasining kengayganidan, poetik mahoratining yanada takomillashganidan dalolat beradi: "Sevgi haqida 100 sonet", "Chili toshlari" (1960), "Di-niy marosim qoʻshiqlari" (1961), "Qiyomat" (1963) sheʼriy toʻplamlari, "Qora orol memoriali" avtobiografik dostoni (1—5-j.lar, 1964) va boshqa Toshkentda boʻlgan. Nobel mukofoti laureati (1971)[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |