Nester Tverdoxleb
Nester Maksimovich Tverdoxleb | |
---|---|
Tavalludi |
1911-yil 23-fevral Fyodorov (tuman, Qoʻstanay viloyati) Qoʻstanay (viloyat) Qozogʻiston |
Vafoti |
1981-yil 29-sentabr Toshkent viloyati, Oʻzbekiston SSR |
Fuqaroligi | SSSR |
Xizmatdagi yillari | 1942-1945 |
Unvoni | |
Jang/urush | Ulugʻ Vatan urushi |
Mukofotlari |
Nester Maksimovich Tverdoxleb (1911-yil 23-fevral, Toʻrgʻay viloyati (Rossiya imperiyasi), Uspenovka Qoʻstanay tumani – 1981-yil 29-sentyabr, Toshkent viloyati, Oʻzbekiston SSR) – Qizil Armiya kichik serjanti. Ulugʻ Vatan urushi qatnashchisi, 2-darajali Vatan urushi ordeni, Qizil Yulduz ordeni va Shuhrat ordenining sohibi. Urushdan oldin va keyin traktorchi boʻlib ishlagan.
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Nester Tverdoxleb 1911-yil 23-fevralda Uspenovka qishlogʻida (hozirgi Qozogʻiston, Qostanay viloyati, Fedorovskiy tumani) dehqon oilasida tugʻilgan. U ukrainalik edi. Toʻrtinchi sinfni tugatgandan soʻng, traktorchi boʻlib ishlaydi[1].
1942-yil fevraldan Qizil Armiyada xizmatda boʻlgan. Keyin shu yilning may oyida frontga yuboriladi. 1944-yil boshida Nester Maksimovich 463-alohida sapyor batalonida (110-piyoda diviziyasi) sapyor boʻlib xizmat qilgan[1].
Tverdoxleb 1944-yil 21-fevraldan 22-fevralga oʻtar kechasi oddiy Selets qishlogʻi (Belarus, Mogilev viloyati, Bixovskiy tumani) yaqinida Dnepr orqali oʻtishni boshqargan. Oʻsha yilning 28-fevralida xuddi shu hudud yaqinida dushmanning 37 ta minasini aniqlagan. 1944-yil 10-martda 3-darajali „Shuhrat“ ordeni bilan taqdirlangan[1]. .
1944-yil 28-iyunda Zatishye qishlogʻi yaqinida (hozirgi Mogilev viloyati, Belarusiya) Nester Maksimovich Dnepr boʻylab oʻtish joyini tashkil etishda qatnashib, 1289-piyoda polkining olgʻa yurishiga hissa qoʻshgan. 26-iyundan 20-iyulgacha Nester Tverdoxleb dushman tomonidan qoʻyilgan 275 ta minalarni olib tashlagab, zararsizlantiradi. U Krasniy Bogatyr qishlogʻi (hozirgi Gomel viloyati, Belarusiya) yaqinidagi jangda 17 nemis askarini oʻldirgan va toʻrt askarni asirga olgan. Buning uchun 1944-yil 25-avgustda Qizil Yulduz ordeni bilan taqdirlangan[2].
1944-yil 10-mayda Usushek qishlogʻi yaqinida (Mogilev viloyati, Chausskiy tumani) Tverdoxleb oʻz askarlari bilan birga dushman toʻsiqlaridan oʻn besh metrlik oʻtishib, 25 ta dushman minasini zararsizlantirishgan. 1944-yil 4-iyunda u 2-darajali „Shuhrat“ ordeni bilan taqdirlanadi[1].
Otryad komandiri, kichik serjant Nester Tverdoxleb 1945-yil 5-maydan 9-maygacha boʻlgan davrda Kaliningrad shahri yaqinida minalangan maydonlar va simli toʻsiqlar orqali oltita oʻtishni amalga oshiradi. Unda 200 dan ortiq minalar orasidan 40 mina zararsizlantirilgan. Piyodalarga hamrohlik qilib, birinchi boʻlib dushman xandaqiga kiradi. 7 nafar nemis askarini yoʻq qilingan va 6 nafar askar asirga olingan. 1945-yil 29-iyunda 1-darajali „Shuhrat“ ordeni bilan taqdirlanib, „Shuhrat“ ordenining toʻliq sohibiga aylanadi[1].
Xotirasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Nester Tverdoxleb yashagan qishloqning koʻchalaridan biri uning sharafiga nomlangan[1].
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Nestor Maksimovich quyidagi mukofotlarga sazovor boʻlgan[1]:
- 2-darajali Vatan urushi ordeni (1944-yil 23-oktyabr);
- Qizil Yulduz ordeni (1944-yil 25-avgust);
- Shon-sharaf ordeni;
- 1-darajali „Shuhrat“ ordeni (1945-yil 29-iyun);
- 2-darajali „Shuhrat“ ordeni (1944-yil 4-iyun);
- 3-darajali „Shon-sharaf“ ordeni (1944-yil 10-mart);
- bir qator medallar.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 1,5 1,6 „Министерство обороны Российской Федерации. Твердохлеб“. 2017-yil 5-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 4-avgust.
- ↑ „Твердохлеб Нестер Максимович“ (ru). Герои страны. Qaraldi: 2018-yil 14-yanvar.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Sergey Kargapolsev. Tverdoxleb Nester Maksimovich (rus.). Sayt „Geroi strani“. Data obraщeniya: 2018-1-14.
- „Министерство обороны Российской Федерации. Твердохлеб Нестер Максимович“. Qaraldi: 2018-01-134.