Kontent qismiga oʻtish

Netto

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Netto (ital. netto — sof) — mahsulotning oʻrov-idishsiz sof ogʻirligi; tovarning tashlamalar kirmagan sof narxi, xarajatlar ayirib tashlangandan keyingi sof daromad. Xoʻjalik amaliyotida N. aktivlarining (kompaniya kapitalining nomoddiy aktivlar va qarz majburiyatlari bilan birgalikdagi) bozor narxlaridagi qiymati.

N. - daromad (hamma chiqimlar chegirilganidan keyin qoladigan daromad), N. - foyda (sof foyda), N. - foiz (solik/iap chegirib tashlanganidan keyingi foiz toʻlovlari) kabi shakllari bor.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil