Kontent qismiga oʻtish

Nevada bayrogʻi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Nevada bayrogʻi
Mamlakat AQSH
Mutanosibligi 2:3
Qabul qilindi 25-iyul, 1991-yil (33 yil avval) (1991-07-25)
Nevada bayrogʻi (1905-1915)
Qabul qilindi 25-fevral 1905-yil — 22-mart 1915-yil

Nevada bayrogʻi (inglizcha: Flag of Nevada) — AQShning Nevada shtatining rasmiy ramzlaridan biri[1].

Bayroqning foni toʻq koʻk rangda boʻlib, yuqorida poyalari kesishgan ikki shuvoq oʻti shohchalaridan iborat gulchambar tasvirlangan. Gulchambarning ichida uchlaridan biri yuqoriga qaratilgan besh qirrali yulduz bor. Yulduz ostida yarim doira ichida teng oraliqdagi harflar bilan „Nevada“ soʻzi yozilgan. Gulchambar tepasida, shohchalar uzra „Jangda tugʻilgan“ shiori yozilgan lenta (inglizcha: Battle Born) tortilgan. Lenta va „Nevada“ soʻzi sargʻish oltin tusda boʻyalgan. Lentadagi harflar qora rangda, sans serif gothicda shriftidagi katta harflar bilan yozilgan[1].

Nevadaning birinchi bayrogʻi 1905-yilda gubernator Jhon Sparks va polkovnik Garri Day tomonidan ishlab chiqilgan. Bayroqning yuqori va ostki qismida davlatning asosiy tabiiy boyliklari, kumush (inglizcha: Silver) va oltinning (inglizcha: Gold) nomlari yozilgan edi. Bayroqning oʻrtasida „Nevada“ soʻzi yozilgandi. Bundan tashqari, bayroqda 36 ta oltin va kumush yulduzlar mavjud boʻlib, ular Nevadaning AQShga hisob boʻyicha 36-chi boʻlib qoʻshilganini anglatardi. Bayroqning birinchi variantining birorta ham nushasi saqlab qolinmagan.1915-yilda Karson-Sitida yashovchi Klara Krisler tomonidan bayroqning yangi versiyasi ishlab chiqildi. U koʻk rangli fonda boʻlib, markazida davlat muhri tushirilgan gerb tasvirlangan. Gerbning tepasida „Nevada“ soʻzi, uning ostida — „Hamma narsa bizning mamlakatimiz uchun“ shiori bor edi (inglizcha: All for Our Country). Yozuvlar 18 yulduzdan iborat yarim doiralar bilan oʻralgan edi. Bayroq 35 dan ortiq rangda tayyorlangan. Bu uning ishlab chiqarilishining yuqori narhiga sabab boʻldi. Shu munosabat bilan shtatda ishlab chiqarilishi arzonroqqa tushadigan yangi bayroq dizayni uchun tanlov oʻtkazildi. 1929-yildagi tanlov natijasiga koʻra Don Shellbax III ismli shahs tomonidan taklif qilingan variant tanlandi (inglizcha: “Don” Shellbach III). Yangi bayroqda faqat koʻk fon oʻzgarishsiz qoldi. Tepa qismida shtat ramzi boʻlgan gul-shuvoqning ikki shohchalaridan iborat gulchambar tasvirlangandi. Gulchambar tepasiga shtatni fuqarolar urushi paytida tashkil qilinganini anglatuvchi inglizcha: Battle Born, shiori yozilgan tasma chizilgan.Gulchambarning ichida nurlari orasida „Nevada“ soʻzining harflari yoysimon yoʻnalishda kiritilgan besh qirrali yulduz joylashgan[2]. Soʻzning bu tarzda yozilishi muallifning asl niyati emas, balki davlat qonun chiqaruvchi organi tomonidan qilingan xato edi. Bayroqning ushbu versiyasi 1991 yilgacha, senator William Rodgio „Nevada“ soʻzining yozilishiga tuzatish kiritgunicha ishlatilgan[3].

2001-yildagi Shimoliy Amerika Veksillologiya Assotsiatsiyasi tomonidan oʻtkazilgan soʻrov natijalariga koʻra, Nevada bayrogʻi AQSh shtatlari, AQSh hududlari va Kanada provinsiyalarining 72 bayrogʻi orasida 55-oʻrinni egalladi[4]. Soʻrovda bayroqlar dizaynini 10 ballik tizimda baholagan assotsiatsiyaning 100 nafar aʼzosi va 20 mamlakatdan 300 dan ortiq veksilologiya fanatlari ishtirok etdilar[4].

  • Nevada muhri
  1. 1,0 1,1 „NRS: CHAPTER 235 - STATE EMBLEMS; GIFTS AND ENDOWMENTS“ (en). Nevada Legislature. 2012-yil 13-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 30-yanvar.
  2. „The Guide to the Nevada Legislature 2009-2010“ (en). Nevada Legislature. 2012-yil 13-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 30-yanvar.
  3. „Official State Flags of Nevada“ (en). Nevada Trivia. 2016-yil 4-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 5-iyul.
  4. 4,0 4,1 „NEW MEXICO TOPS STATE/PROVINCIAL FLAGS SURVEY, GEORGIA LOSES BY WIDE MARGIN“ (en). North American Vexillological Association. 2011-yil 14-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 5-fevral.