Kontent qismiga oʻtish

Nevinnomisk

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Nevinnomisk - Rossiya Federatsiyasi Stavropol oʻlkasidagi shahar (1939-yildan, ungacha Nevinnomisskaya Stanitsasi). Kuban daryosi boʻyida. Temir yoʻl tuguni. Aholisi 133 ming kishi (1998). Azot ishlab chiqarish korxonasi, junga dastlabki ishlov berish fabrikasi, shina remonti, bugʻqozon-mexa-nika, avtomobil remonti, elektromexanika, moy ekstraksiya, sut, ki-myoviy uy-roʻzgʻor buyumlari, elektr oʻlchagich asboblari zavodlari, un, parrandachilik kombinatlari, GRES bor. Stavropol politexnika institutining umumiy texnika fakulteti, oʻlkashunoslik muzeyi faoliyat koʻrsatadi. N. yonida Ne-vinnomisk kanali boshlanadi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil