Nevrozlar
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Nevrozlar (nevr... asabiylik -uzoq davom etgan ruhiy iztiroblar natijasida nerv sistemasi faoliyatining buzilishidan kelib chikadigan asabiyruhiy kasalliklar; oʻzaro yaqin funksional ruhiy kasalliklar (nevrasteniya, isteriya, psixasteniya), emotsional yoki aqliy jihatdan toliqish natijasida, koʻpincha infeksion va boshqa kasalliklar taʼsirida yuzaga keladi. Nevrozlar ancha keng tarqalgan kasallik boʻlib, asosan, nerv sistemasi tugʻma yoki hayotda orttirilgan zaif kishilarda kuzatiladi. Nevrozlarda markaziy nerv sistemasida ham, ichki aʼzolarda ham jiddiy organik oʻzgarishlar boʻlmasada, bosh miyada kechadigan asosiy jarayonlar — qoʻzgʻalish va tormozlanish jarayonlarining oʻz-aro munosabatlari buziladi. Nevrozlarda psi-xozlardan farqli oʻlaroq, bemorlar oʻz kasalliklariga nisbatan tanqidiy munosabatda boʻladilar. Nevrozlarning, asosan, 3 ta — isteriya, nevrasteniya va psixasteniya (miyadan ketmaydigan holatlar) turi farqlanadi. Ayrim "aʼzolar nevrozi" (yurak, meʼda, oʻpka) hozirgi vaqtda Nevrozlarning alohida turi emas, balki uning somato-vegetativ belgilari deb hisoblanadi. Nevrozlar koʻp uchraydi va yildan-yilga koʻpayib borish qonuniga ega. Nevrozlardan nevrozga oʻxshash qolatlarni ajratmoq zarur, bu belgilari jihatdan Nevrozlarga aynan oʻxshab ketsada, biroq ular ruhiy iztiroblar oqibatida emas, balki boshqa xastalik, Masalan, xafaqon, miya qon to-mirlari aterosklerozi, shizofreni-yaning boshlangʻich belgisi sifatida namoyon boʻladi. Nevrozlarning ayrim turlari kelib chiqishida kishi shaxsining kasallik oldi xususiyatlari (premorbid) katta ahamiyatga ega. Shuningdek, oliy nerv faoliyati ojizroq kishilar shunday faoliyati kuchli kishilarga nisbatan Nevrozlarga koʻproq moyil boʻladilar. Bundan tashqari, birinchi signal sistemasi yuqoriroq boʻlgan kishilarda — isteriya, ikkinchi signal sistemasi kuchliroq boʻlganlarda esa miyadan ketmaydigan holatlar nevrozi koʻproq uch-rashi isbotlangan. Bular aralash nevrotik holatlar koʻrinishida ham namoyon boʻlishi mumkin. Nevrozlarni davolashda psi-xogen omillarni bartaraf etish zarur. Dori-darmonlar bilan birga psixoterapiya ham muhim ahamiyatga ega[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |