Kontent qismiga oʻtish

Nick Vujicic

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Nick Vujicic
Nicholas James Vujicic
Tavalludi 4-dekabr 1982-yil (1982-12-04) (42 yosh)[1]
Fuqaroligi Avstraliya
Turmush oʻrtogʻi Kanae Miyahara (2012-yil oila qurishgan)

Nicholas James „Nick“ Vujicic (talaffuzi: Nikolas Jeyms Nik Voʻychich) (serbcha Николас Џејмс Вујичић, Nikolas Džejms Vujičić) (4-dekabr, 1982) Avstraliyalik serb yevangelist va ruhlantiruvchi notiqdir. Nick Vujicic tetra-amelia sindromi bilan tugʻilgan. Bu kasallik bilan tugʻilganlarda oyoq-qoʻl yoʻq boʻladi. Yosh bolaligida Vujicic aqlan, ruhan va jismonan qiynalgan. Vaqt oʻtishi bilan nogironligiga moslashgan. Oʻn yetti yoshida oʻzining Life Without Limbs (Oyoq-qoʻlsiz hayot) nodavlat tashkilotiga asos solgan. Vujicic dunyo boʻylab ruhlantiruvchi nutqlarni beradi. Nutqlarida nogironlar hayoti, umid va hayotda maʼno topish haqida gapiradi. U yana xudo har qanday yurak orqali oʻz ishlarini qila olishiga va xudo har qanday nogironlikni yengishga qudratli ekanligiga ishonishi haqida gapiradi.

  1. „Life Without Limbs: About Nick Vujicic“. 2010-yil 12-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 28-sentabr 2009-yil. (Wayback Machine saytida 2010-06-12 sanasida arxivlangan)