Nico Ditch

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Niko xandagʻi, (bugungi koʻrinish)

Niko yuqori (inglizcha: Nico Ditch) – manchesterda joylashgan Stretforddan Ashton-under-Lynegacha choʻzilgan uzunligi 6 mil, yaʼni 9.7 km boʻlgan zovur nomi. U 5-11-asrlar orasida himoya va ehtimoliy chegarani belgilash maqsadida qazilgan xandaq.

Xandaqning baʼzi qismlari bugungacha saqlangan va koʻzga tashlanib turadi. Jumladan, Denton golf maydoni boʻylab taxminan 300 metr uzunlikka choʻzilgan qismi saqlanib qolgan. Bu qismining eni 3.7-4.6 metr boʻlsa, chuqurligi 1.5 metrgacha boradi. Xandaqning bu qismi qadimiy yodgorlik sifatida himoya qilinadi.

Etimologiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xandaq haqidagi eng dastlabki yozma manbalar Audenshov okrugidagi Kersal Sell cherkovi rohiblariga tegishlidir. Saqlangan hujjatda aytilishicha, bu xandaq 1190-1212-yillarda „Mykelldiche“ va magnum fossatum nomlari bilan yuritilgan. Manum fossatum lotincha - „katta zovur“ degan maʼnoni bildiradi.

1985-yilgi xaritada Niko xandaqi

Xandaq uchun Niko (baʼzan Nikker deb yuritiladi) nomi 19-20-asrlarda paydo boʻlgan. Bu nom Anglo-sakson Hnikkari bilan bogʻlanishi mumkin. Lekin bugungi nomi „Mykelldiche“ning oʻzgargan shakli ekanligi haqida fikrlar bor. Chunki, 13-asrlarda angl-sakscha micel katta, ulkan maʼnolarini anglatgan va uning nomi ham magnum fossatum koʻrinishida boʻlgan[1]. Nikoning muqobil varianti angl-sakscha „oʻlim“ maʼnosini beruvchi nǽcan soʻzidan kelib chiqqan boʻlishi ham mumkin[2].

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Niko xandaqning taxminiy yoʻnalishi, qizil rangda koʻrsatilgan. Gʻarbga koʻrsatilganidan uzoqroqqa choʻzilgan boʻlishi mumkin

Xandaq Britaniyada Rim imperiyasining yakuni – 5-asrdan 1066-yilgacha, yaʼni Norman istilosigacha, boʻlgan oraliqda qurib bitkazilgan. Uning asl qazilish maqsadi hanuzgacha nomaʼlum, lekin himoya va chegara maqsadlarida qazilganini taxmin qilish mumkin. Bu ehtimol 7-asrdagi angl-sakslarning kengayishi davomidagi chegarasi, yoxud 8-asr oxiri 9-asr boshlaridagi Mersiya va Nortumbriya qirolliklari oʻrtasidagi chegara vazifasini oʻtagan boʻlishi mumkin[3]. Ilk oʻrta asrlarda angl-saks qirolliklari – Nortumbriya, Mersiya va Uesseks shimoliy Angliyaga ega chiqish uchun tub inglizlar va daniyaliklar bilan birga kurashadi[4]. Ilgari foydalanish maqsadi nima boʻlganidan qatʼiy nazar bu xandaq kamida oʻrta asrlardan beri chegara vazifasini bajarib keladi[5].

Afsonaga koʻra, 869-870 yillarda Niko Ditch Manchester aholisi bilan birga bu xandaqni bir kechada, bosqinch vikinglar hujumidan himoyalanish maqsadida qazib bitiran[6]. Shunga qaramay, Manchester 870-yillarda vikinglar tomonidan egallangan. Aytilishicha har bir inson oʻziga ajratilgan sektorni qazib bitirishi va devorda oʻzining balandligiga teng boʻlgan oʻra qazishi kerak edi[3]. 19-asr folkloriga koʻra xandaq sakslar va daniyalikar oʻrtasidagi jang maydoni boʻlgan. Jang yaqin oradagi, nomlari mos ravishda „Gore Town“ va „Red-Ditch“ soʻzlaridan kelib chiqqan Gorton va Reddish shaxarlari uchun kechishi kerak edi[7] [8]. Keyinchalik, bu gʻoya tarixchilar tomonidan zamonaviy uydurma sifadita inkor eʼtildi[9]. Nomlar keyinchalik mos ravishda, „Iflos ferma“ va „Qamishli zovur“ nomlari oʻzgarishidan xosil boʻlanligi aytildi[10].

Kolleksionerlar va tarixchilar 19-asrda bu xandaqqa katta qiziqish koʻrsatgan va baʼzi qismlari qayta qurilgan. 1990-1997 yillarda Manchester Universiteti Arxeologiya boʻlimi xandaqning Dento,Reddish,Levenshulme va Plat qismlarini ochib oʻrgandi, bundan koʻzlangan maqsad uning yoshi va qurilish maqsadini aniqlash edi. zovur qurilishi haqida aniq maʼlumotlar topilmagan boʻlsada uning shimolidagi bir oʻra taʼrixi 20-asrga borib taqalishi aniqlandi. Odatdagi harbiy maqsadlarda qoʻllaniladigan V-shaklidagi xandaqlardan farqli ravishda, U-shaklida qurilishi xandaqning harbiy maqsadlarda qurilmaganini asoslaydi[11].Loyihaning xulosasi shundaki xandaq katta ehtimollik bilan chegarani belgilovchi belgi boʻlganligini haqidagi gʻoyani ilgari suradi[12].

Himoyalanishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kuchli va ogʻir ob-havoga qaramay uning baʼzi sektorlari hali ham saqlanib qolgan. Ularning kengligi 3.7-4.6 metrgacha borsa chuqurligi 1.5 metrga yetadi. 300metr uzunlikka ega Denton golf maydonida saqlanib qolgan qismi va Plat Fields Parkka yaqin qismda saqlanib qolgan sektorlari eng yaxshi saqlanib qolgan qismlariga kiradi[13] [14]. 1997-yildan, Plat Fieldda saqlanib qolgan 140 metrlik sektor qadimgi yodgorlik sifatida himoyalana boshlagan. Xandaqning qolgan qismi xamon himoyalanmagan xolda qolmoqda.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Nevell (1992), p. 78.
  2. Based on the manuscript collections of the late Joseph Bosworth, D.D. F.R.S. „Online Anglo-Saxon dictionary“. Clarendon Press (1998). 2011-yil 8-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 25-avgust.
  3. 3,0 3,1 Nevell (1992), p. 83.
  4. Hylton (2003), p. 7.
  5. Nevell (1992), pp. 82–83.
  6. Hylton (2003), p. 8.
  7. Booker (1857), p. 197.
  8. Harland & Wilkinson (1993), pp. 26–29.
  9. Farrer & Brownbill (1911), pp. 275–279.
  10. „A ditch in time“. BBC (2008-yil 1-avgust). 2019-yil 19-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 24-dekabr.
  11. Nevell (1998), p. 40.
  12. Nevell (1998), p. 41.
  13. Nevell (1992), p. 79.
  14. Nevell (2008), p. 39.