Nicola Coughlan

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Nicola Coughlan
Tavalludi
Nicola Mary Coughlan

9-yanvar 1987-yil (1987-01-09) (37 yosh)
Galway, Irlandiya
Fuqaroligi Irlandiya
Kasbi Aktrisa
Faoliyat yillari 1997-hozirgacha

Nicola Mary Coughlan (talaffuzi: Nikola Meri Koflan) (1987-yil 9-yanvarda tugʻilgan) — irlandiyalik aktrisa. Nicola Mary Channel 4 telekanalida efirga uzatilgan Derry Girls sitkomidagi Clare Devlin (2018-2022) va Netflix kompaniyasi tomonidan suratga olingan Bridgerton (2020-hozirgi) dramasidagi Penelopa Featherington rollari bilan tanilgan.

Yoshlik davri[tahrir | manbasini tahrirlash]

Coughlan 1987-yil 9-yanvarda Irlandiyaning Galway shahrida dunyoga kelgan va Oranmorda ulgʻaygan[1][2]. Besh yoshida opasining maktab spektaklidagi ijrosini koʻrib, aktrisa boʻlishga qaror qilgan[3]. Coughlan Scoil Mhuire boshlangʻich maktabida va Kalasanktius kollejida tahsil olgan[4][5]. U Galwaydagi Irlandiya Milliy Universitetini ingliz tili va klassik sivilizatsiya yoʻnalishi boʻyicha tamomlagan[6]. Keyinchalik Angliyada Oksford drama maktabida va Birmingem aktyorlik maktabida malaka oshirdi. Hozirda Coughlan Londonda istiqomat qiladi. 

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nicola Coughlan 10 yoshida, 1997-yilda My Brother’s War nomli triller filmida rol ijro etgan[7]. 2004-yilda oʻz faoliyatini Tom Kollins rejissyori boʻlgan The Phantom Cnut qisqa metrajli filmidagi roli bilan boshlagan. Keyingi yillarda animatsion seriallarga turli ovozlar bergan. Moliyaviy qiyinchiliklar tufayli Coughlan Irlandiyaga qaytishga majbur boʻldi. Bu davrda u depressiyadan aziyat chekdi[8]. Coughlan Londondagi The Old Vic teatrida Jess va Joe Forever filmi uchun ochiq kasting chaqiruviga taklif qilindi va kastingdan muvaffaqiyatli oʻtib, bosh rolni qoʻlga kiritdi[9].

2018-yilda Coughlan Derry Girls filmida bosh qahramonlardan biri Clare Devlin rolini ijro eta boshladi[10][11]. Serial 2018-yilning yanvar va fevral oylarida Channel 4 telekanalida namoyish etilgan. Aynan shu yilning dekabr oyida Netflix platformasida film qayta chiqarilganidan soʻng bir zumda mashhurlikka erishdi.

Xuddi oʻsha yili Coughlan Harlots filmida Hannah Dalton rolini ham ijro etadi. Evening Standard nashri uni „2018-yilning ko‘tarilgan yulduzlaridan biri“ deb atadi[12]. Ayni shu yili The Great British Bake Off shousining epizodida Derry Girls filmida rol ijro etgan baʼzi hamkasblari bilan raqobatlashdi[13].

Coughlan 2019-yilda Netflix’ning 2020-yil dekabr oyida premyerasi bo‘lgan Bridgerton serialida rol ijro etishi eʼlon qilindi[14]. Julia Quinnning ayni nomdagi eng koʻp sotilgan kitobiga asoslangan ushbu davriy drama serialida Coughlan, Regens davridagi Londondagi yangi boy oilaning kenja qizi Penelopa Featherington rolini ijro etadi[15].

Filmografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Film[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Film nomi Rol Izohlar havl.
2004 Phantom Cnut Ketie Qisqa metrajli film
2023 Barbie Diplomat Barbie [16]
Eʼlon qilinadi Seize Them! Joan Ishlab chiqarish jarayonida [17]

Mukofotlar va nominatsiyalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

 
Yil Mukofot Turi Asar nomi Natija Mnb.
2017 Off West End Awards Pyesadagi eng yaxshi aktrisa Jess and Joe Forever Nominatsiya
2021 Screen Actors Guild Awards Drama serialidagi ansamblning ajoyib ijrosi Bridgerton Nominatsiya [18]
Irish Film and Television Awards Dramadagi eng yaxshi aktrisa Nominatsiya
Rising Star Award Gʻolib [19]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Nicola Coughlan: 11 facts about the Bridgerton and Derry Girls star you should know“. PopBuzz. Qaraldi: 2020-yil 27-dekabr.
  2. Charlie McBride. „From Oranmore girl to Derry Girl“. Galway Advertiser (2018-yil 11-yanvar). Qaraldi: 2020-yil 30-dekabr.
  3. Japleen Khera. „Who Plays Penelope Featherington in Bridgerton? All We Know About Nicola Coughlan“. TheCinemacoholic (2020-yil 25-dekabr). Qaraldi: 2020-yil 30-dekabr.
  4. "Derry Girls star is Galway to her core!". Connacht Tribune. 21 March 2019. Archived from the original on 2021-01-22. https://web.archive.org/web/20210122054223/https://connachttribune.ie/derry-girls-star-is-galway-to-her-core-487/. Qaraldi: 14 January 2021. Nicola Coughlan]]
  5. O'Brien. „Derry Girls Nicola Coughlan takes us on a tour of her hometown, Galway“. Irish Central (2021-yil 7-yanvar). Qaraldi: 2021-yil 14-yanvar.
  6. „Derry Girls' Nicola Coughlan on life in NUI Galway, acting, and the impact of the hit comedy show“. Student Independent News (2019-yil 2-aprel).
  7. Maddy Casale. „Woman Crush Wednesday: Nicola Coughlan is the Belle of the Ball in 'Bridgerton'“. Decider (2020-yil 23-dekabr). Qaraldi: 2020-yil 30-dekabr.
  8. Katrina Turill. „Nicola Coughlan health: 'I couldn't get out of bed' Derry Girls star's depression battle“. Express (2020-yil 11-dekabr). Qaraldi: 2020-yil 30-dekabr.
  9. Cooper, Joe. Jess and Joe Forever. Bloomsbury Publishing, 2017 — 2 bet. ISBN 9781350058927. 
  10. „Galway actress joins new Channel 4 comedy“. Galway Independent (2017-yil 12-iyul). 2017-yil 5-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 5-sentyabr.
  11. Blauvelt, Christian. What to Watch When: 1,000 TV Shows for Every Mood and Moment. Dorling Kindersley Ltd, 2020 — 249 bet. ISBN 9780241502501. 
  12. „The rising stars you need to know about“. Evening Standard (2018-yil 27-sentyabr).
  13. Meghan O'Keefe. „'The Great British Baking Show'/'Derry Girls' Crossover was the First and Last Good Thing to Happen in 2020'“. Decider (2020-yil 6-dekabr). Qaraldi: 2020-yil 30-dekabr.
  14. „When is Bridgerton released on Netflix? What's it about?“. Radio Times.
  15. Jones, Ellen E. „Derry Girls' Nicola Coughlan: 'It bothers me that we reduce women to the size of their body'“. The Guardian (2020-yil 12-dekabr). Qaraldi: 2020-yil 31-dekabr.
  16. https://goss.ie/showbiz/heres-the-first-look-at-nicola-coughlan-in-the-highly-anticipated-barbie-movie-333076
  17. Long. „’Seize Them!’: Nicola Coughlan, Aimee Lou Wood, and Lolly Adefope Join Dark Ages Comedy Film“. Collider (2022-yil 21-mart). Qaraldi: 2023-yil 25-mart.
  18. „2021 SAG Awards: The Complete Nominations List“ (2021-yil 4-fevral).
  19. „Nicola Coughlan thrilled with IFTA nod & new Bridgerton“. RTÉ.ie (2021-yil 15-iyun).