Nicolae Oaidă

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Nicolae Oaidă
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 9-aprel 1933-yil (1933-04-09) (91 yosh)
Tavallud joyi Bod, Brașov, Ruminiya
Boʻyi 1.82 m
Ampluasi hujumchi
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1946—1950 Steagul Roșu Brașov
1950—1953 Locomotiva Brașov
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1954 Dinamo Brașov 4 (0)
1955—1956 Dinamo Bacău 42 (12)
1957—1969 Progresul București 226 (77)
Milliy terma jamoa
1958—1961 Ruminiya 7 (1)
Boshqargan klublari
1969—1970 Flacăra Roșie București
1971—1972 Liviya
1972—1974 Al Ahly Benghazi
1974 Mureșul Deva
1975—1976 Viitorul Vaslui
1977—1978 Progresul București
1978—1979 Tractorul Brașov
1979 Jiul Petroșani
1981—1982 Autobuzul București
1989—1990 Hassania Agadir
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2020-yil 19-yanvar uchun)

Nicolae Oaidă (talaffuzi: Nikolaye Oaida) (1933-yil 9-aprelda tugʻilgan) — ruminiyalik sobiq futbolchi va murabbiy[1][2].

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nicolae Oaidă 1933-yil 9-aprelda Brașovning Bod shahrida tug‘ilgan. Keyin, Nicolae Oaidă 1946-yilda "Steagul Rosu Braşov" futbol klubining yoshlar markazida futbol o‘ynay boshlagan. Keyinroq, 1950-yilda Nicolae Oaidă „Locomotiva Brașov“ futbol klubi safiga qoʻshilishga qaror qilgan. Nicolae Oaidă Divizia Adagi debyut oʻyinini 1954-yil 16-mayda „Dinamo Brașov“ futbol klubi tarkibida „Locomotiva Timișoara“ futbol klubiga qarshi o‘yinda (3:0) o‘tkazgan. "Dinamo Brașov" futbol klubidagi bir mavsumdan soʻng, Nicolae Oaidă „Dinamo Bacău“ futbol klubi safiga qoʻshildi va klub safida ikki mavsum oʻynadi. Nicolae Oaidă "Dinamo Bacău" futbol klubi tarkibida oʻtkazgan birinchi mavsumida jamoaga birinchi ligaga chiqishga yordam berdi. 1957-yilda Nicolae Oaidă „Progresul București“ futbol jamoasi safiga qoʻshildi. Nicolae Oaidă jami 226 ta liga oʻyinida maydonga tushdi va 77 gol urishga muvaffaq boʻldi. 1960-yilgi Cupa României finalida Dinamo Obor București futbol klubi ustidan 2:0 hisobida gʻalaba qozonilgan uchrashuvda Nicolae Oaidă oʻyindagi birinchi golni raqib darvozasiga kiritishga muvaffaq boʻlgan edi. Bu gol „Progresul“ futbol jamoasiga klub tarixidagi ilk sovrinni qoʻlga kiritishiga yordam berdi[3][4]. Nicolae Oaidă Divizia Ada jami 236 ta oʻyin oʻtkazgan va 79 ta gol urishga muvaffaq boʻlgan. Nicolae Oaidă, shuningdek, 1961—1962-yilgi Yevropa kubogi gʻoliblari kubogida „Progresul“ futbol klubi safida ikkita oʻyinda maydonga tushgan. 2008-yilda Nicolae Oaidă oʻzining 75 yoshga toʻlishi munosabati bilan „Progresul București,“ futbol klubining faxriy prezidenti unvoniga sazovor boʻlib, uning klubdagi butun faoliyati uchun Cotroceni unvoni bilan taqdirlandi[5][3][6].

Xalqaro oʻyinlardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nicolae Oaidă futbolchilik faoliyati davomida Ruminiya milliy futbol terma jamoasi safida xalqaro miqyosda oltita oʻyin oʻtkazdi[7]. Nicolae Oaidă 1960-yilgi Yevropa Millatlar kubogi saralashida Turkiya milliy futbol terma jamoasiga qarshi ikkita oʻyinda maydonga tushdi. Turkiya milliy futbol terma jamoasiga qarshi birinchi oʻyin 1960-yil 23-avgustda Buxarestda oʻtkazilgan edi. Unda Ruminiya milliy futbol terma jamoasi Turkiya milliy futbol terma jamoasini 3:0 hisobida magʻlub etgan edi[8]. Nicolae Oaidă bir marta Ruminiya milliy olimpiada terma jamoasi safida 1960-yilgi yozgi Olimpiada oʻyinlari saralash bosqichida ham ishtirok etgan edi.

Xalqaro gollar[tahrir | manbasini tahrirlash]

# Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa
1 1958-yil 2-noyabr Stadionul 23 avgust, Buxarest, Ruminiya  Turkiya 1 — 0 3-0 1960-yilgi Yevropa Millatlar kubogi saralash

Yutuqlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻyinchi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Dinamo Bacău

  • Divizia B: 1955

Progresul București

  • Divizia B : 1965—1966
  • Cupa Romaniei : 1959—1960, ikkinchi oʻrin 1957—1958[9][10]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Nicolae Oaida, presedinte de onoare la Progresul“ (ro). Romaniansoccer.ro (2008-yil 18-aprel). Qaraldi: 2020-yil 19-yanvar.
  2. „Românii care au antrenat echipe naționale din străinătate înainte de '90“ (ro). Theplaymaker.ro (2018-yil 11-yanvar). Qaraldi: 2020-yil 19-yanvar.
  3. 3,0 3,1 „Nicolae Oaidă: "Dane, fii mai calm!"“ (ro). Gsp.ro (2008-yil 17-aprel). Qaraldi: 2020-yil 19-yanvar.
  4. „Romanian Cup – Season 1959–1960“. RomanianSoccer. Qaraldi: 2020-yil 19-yanvar.
  5. „Nicolae Oaida, presedinte de onoare la Progresul“ (ro). Romaniansoccer.ro (2008-yil 18-aprel). Qaraldi: 2020-yil 19-yanvar. „Nicolae Oaida, presedinte de onoare la Progresul“ [Nicolae Oaida, honorary president at Progresul] (in Romanian).
  6. „Dan Petrescu a participat la aniversarea lui Nicolae Oaidă“ (ro). Prosport.ro (2008-yil 18-aprel). Qaraldi: 2020-yil 19-yanvar.
  7. „East Germany – Romania 3:2“. European Football. Qaraldi: 2021-yil 1-iyul.
  8. „Romania – Turkey 3:0“. European Football. Qaraldi: 2020-yil 19-yanvar.
  9. „Romanian Cup – Season 1959–1960“. RomanianSoccer. Qaraldi: 2020-yil 19-yanvar. „Romanian Cup — Season 1959-1960“.
  10. „Romanian Cup – Season 1957–1958“. RomanianSoccer. Qaraldi: 2020-yil 19-yanvar.