Kontent qismiga oʻtish

Nie Haisheng

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Nie Haisheng
Tavalludi 1964-yil 13-oktyabr (58 yosh) Zaoyang, Xubey, Xitoy
Fuqaroligi Xitoy
Kasbi PLAAF qiruvchi uchuvchisi, navigatsiya direktori
Millati Xitoy
Kosmik karyera
Oldingi kasb
PLAAC Taikonavti va qo'mondoni
Daraja General-mayor, PLASSF
Kosmosdagi vaqt
111 kun 14 soat 12 daqiqa
Tanlash Xitoy 1-guruh
Jami EVAs
1
Jami EVA vaqti
5 soat 55 daqiqa
Missiyalar Shenchjou 6, Shenchjou 10, Shenchjou 12

Nie Haisheng (talaffuzi: Nie Haisheng 1964-yil 13-oktabrda tugʻilgan[1]) — Xitoy Xalq Ozodlik Armiyasi Strategik Yordam Kuchlarining (PLASSF) general -mayori, fazogir sifatida faol xizmatda va PLA Astronavtlar Korpusining (PLAAC) uchinchi qoʻmondoni (boʻlinma boshligʻi). U PLA havo kuchlari qiruvchi uchuvchisi va navigatsiya direktori sifatida xizmat qilgan.

Nie Shenzhou 6 da uchdi va Shenzhou 10 va Shenzhou 12 missiyalarida qoʻmondon boʻlib xizmat qildi. 2021-yilda 111 kunlik koinotda u xitoylik astronavtning koinotda eng uzoq qolishi boʻyicha yangi rekord oʻrnatdi va uch marta uchgan ikki xitoylik astronavtdan biri hisoblanadi[2].

Harbiy havo kuchlari martabasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Nie 2010-yilda Somalining markasida

Nie 1964-yil 8-sentyabrda[3][4] Xubey provinsiyasi, Sianyan shahri, Zaoyang okrugining Yangdang shahrida tugʻilgan. Oʻrta maktabni tugatgach, u 1983-yil iyun oyida Xalq Ozodlik Armiyasi Harbiy-havo kuchlariga qoʻshildi va qiruvchi uchuvchi boʻldi. U PLAAFning 7-raqamli uchish maktabida tahsil olgan va 1987-yilda uni tamomlagan[5].

1989-yil 12-iyunda uning samolyoti 13000 fut (4000 m) balandlikda uchayotganda portlash sodir boʻldi va dvigatel shikastlandi. Samolyot yerga qulay boshladi, yerga 400-500 metr qolganda Nie katapulta orqali sakrab omon qodi. Bu jasorati uchun uchinchi darajali mukofot bilan taqdirlangan. 

Astronavtlar korpusi martabasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1998-yil yanvar oyida u Xitoyning kosmik parvozlar dasturi uchun tanlangan. Nie Xitoyning birinchi boshqariladigan kosmik parvozi boʻlgan Shenzhou 5 parvoziga tayyorgarlik koʻrish uchun yakuniy guruhning bir qismi boʻlgan uchta nomzoddan biri edi.

Nie Fei Junlong (qoʻmondon) bilan birga 2005-yil 12-oktyabrda Shenzhou 6 parvozining bort muhandisi sifatida orbitaga chiqdi. Missiya besh kundan ozroq davom etdi.

U Shenzhou 9 missiyasi uchun zaxira ekipaj komandiri etib saylandi[6]. 2013-yilda Nie Xitoyning Tiangong 1 prototipi kosmik stantsiyasiga Shenzhou 10 kosmik missiyasini boshqarish uchun tanlangan[7]. U Shenzhou 10 missiyasi ishga tushirilganda bosh unvonga sazovvor boʻldi, yaʼni ofitser etib tayinlandi[8].

Nie uylangan, bir nafar qizi bor. U Shenzhou 6 missiyasi davomida oʻzining 41 yoshini kosmosda nishonlagan.

Asteroid 9517 Niehaisheng uning sharafiga nomlangan.

  1. „Taikonaut (yuhangyuan) Biography: Nie Haisheng“. spacefacts.de (10-fevral 2022-yil). Qaraldi: 20-sentabr 2022-yil.
  2. „Chinese astronaut Nie Haisheng set for record-breaking space stay“.
  3. „Taikonaut Biography: Nie Haisheng“ (27-iyun 2018-yil). Qaraldi: 11-fevral 2021-yil.
  4. „Nie Haisheng“. 2016-yil 31-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-iyun 2021-yil.
  5. Jiang Wei (江巍). „Biographies of Shenzhou XII astronauts“. www.chinadaily.com.cnb (16-iyun 2021-yil). Qaraldi: 21-iyun 2021-yil.
  6. Morris Jones. „Shenzhou's Shadow Crew“. Space Daily (3-aprel 2013-yil).
  7. „Astronauts of Shenzhou-10 mission meet press“. Space Daily (11-iyun 2013-yil).
  8. „China's space dream crystallized with Shenzhou-10 launch“. SpaceDaily (16-iyun 2013-yil).