Kontent qismiga oʻtish

Niels Henrik Abel

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Niels Henrik Abel
Tavalludi 5-avgust 1802-yil
Nedstrand, Daniya-Norvegiya ittifoqi
Vafoti 6-aprel 1829-yil(1829-04-06)
(26 yoshda)
Froland, Norvegiya
Fuqaroligi Norveg
Sohasi Matematika
Akademik rahbarlari Bernt Michael Holmboe
Mashhur ishlari

Radikal (matematika)
Abel funksiyalari
Abelning binomial teoremasi
Abel tenglamasi


Abel funksiyasi
Abel tengsizligi
Abel teoremasi

Niels Henrik Abel (talaffuzi: Nils Henrik Abel; 1802-yil 5-avgust — 1829-yil 6-aprel) — norvegiyalik matematik, turli sohalarga yirik hissa qoʻshgan[1]. Eng muhim hissalaridan biri, radikallarda umumiy kvintik tenglamani yechish mumkin emasligini koʻrsatuvchi birinchi toʻliq dalilni ishlab chiqqan. Bu yashagan davrdagi eng muhim yechilmagan masalalardan biri boʻlib, 250 yildan ortiq vaqt davomida yechimsiz qolib kelayotgan boʻlgan[2]. Abel, shuningdek, elliptik funktsiyalar sohasida yangiliklarni kiritgan, Abel funksiyalarini kashf etgan[3] . Olim qashshoqlikda yashayotganida ilmiy kashfiyotlarni qilgan. 26 yoshida sil kasalligidan vafot etgan.

Oslo va Gjerstadda Abelga haykallar oʻrnatilgan. Abel portreti Norvegiyaning 500 kronlik banknotasiga joylashtirilgan (1978). 2002-yilda Abelning 200 yilligi sharafiga Norvegiya hukumati matematika boʻyicha Abel mukofotini taʼsis etgan. Oydagi Abel krateri uning sharafiga nomlangan.


  1. Ore, Øystein (2018-04-18). „Niels Henrik Abel“. Store Norske Leksikon (norveg).
  2. „Niels Henrik Abel“. Qaraldi: 2022-yil 3-may.
  3. „Niels Henrik Abel“ (no). www.matematikk.org. Qaraldi: 2018-yil 5-may.