Niels Peter Høeg Hagen
Niels Peter Høeg Hagen (1877-yil 15-oktyabr – 1907-yil 15-noyabr[1] ) daniyalik qutb tadqiqotchisi, harbiy ofitser va kartograf. U 1906-yilda Shimoliy Grenlandiyadagi Daniya ekspeditsiyasidagi ishtiroki davomida halok bo'lgan[2].
Daniya ekspeditsiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Høeg Hagen sharqdan Independence Fjord(mustaqillik fyordi)ni o'rganish maqsadida ekspeditsiya rahbari Ludvig Mylius-Erichsen va grenlandiyalik Jørgen Brønlund bilan birgalikda it chanasida yo'lga otlangan jamoning bir qismi edi. O'sha vaqtdagi mavjud xaritalarda adashgan uch tadqiqotchining sayohatlarini shu qadar , cho'zilib ketdiki o'sha bahorda Danmarkshavndagi kemaga qaytish imkonsiz edi.
Uch sayohatchi yozni kimsasiz joyda, toshloq yerlarda ov qilish uchun zarur oyoq kiyimsiz o'tkazishga majbur bo'ldi. Odamlar va itlar uchun oziq-ovqatga bo'lgan ehtiyoj ularni uchta jamoani bittaga qisqartirishga majbur qildi. Nihoyat, sentyabr oyida ular qirg'oq bo'ylab yaqinda muzlagan dengiz ustida qaytish safarini boshlashga muvaffaq bo'lishdi. Ammo ular Mallemuk Mountaintog'ining janubiy qirg'og'iga kelganlarida, ular muzlamagan ochiq suv havzasiga duch keldilar va unga tushib ketdilar. Hagen Mylius-Erichsendan bir necha kundan keyin Nioghalvfjerdsbrae hududida muz ustida sayr qilayotganda ochlik, charchoq va sovuqdan halok bo'ldi.
Sayohatchilardan oxirgi o'lgani Brønlund edi, uning jasadi bilan birga kundaligi va Hagenning kartografik eskizlari keyingi bahorda Lambert Land [1]Johan Peter Koch tomonidan topilgan. Mylius-Erichsen tomonidan Daniya Fyordida qoldirilgan ba'zi bir hisobotlar 1912-yilda [2]Ejnar Mikkelsen tomonidan topilgan va Kopengagenga keltirilgan [3]
Mustaqillik Fyordining janubiy filiali bo'lgan [3]Hagen Fjord, shuningdek, Hagen Glacier uning sharafiga nomlangan.
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ N. P. Høeg Hagen in the Dansk biografisk leksikon (Danish)
- ↑ G. Amdrup: Report on the Danmark Expedition to the North-East Coast of Greenland 1906–1908. In: Meddelelser om Grønland 41, 1913, pp. 1–270
- ↑ Spencer Apollonio, Lands That Hold One Spellbound: A Story of East Greenland, 2008 pp. 101-120