Nikelin
Qiyofa
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Nikelin, qizil nikel kolchedan i — arsenidlar sinfiga man-sub mineral. Kimyoviy tarkibi NiAs. Aralashma sifatida So, Fe, Sb, S va boshqa boʻladi. Geksagonal singoniyali kri-stallari kam uchraydi, koʻpincha dona-dor yaxlit yoki tayoqchasimon massalar hosil qiladi. Rangi och qizil, metal-lsimon yaltiroq. Qattiqligi minera-logik shkala boʻyicha 5,5—6,0. Zichligi 7600–7800 kg/m3. Elektr tokini yaxshi oʻtkazadi. N. magmatik va gidrotermal mis-nikel-kumush va uran-vismutli rudalarda uchraydi. Yer yuzasidagi katlam sharoitlarida osongina ikkilamchi mineral annabergitga aylanadi. Germaniya, Rossiya Federatsiyasi, AQSH, Kanada va boshqa mamlakatlarda uchraydi. Kattaroquyumlari toʻplangan joyda nikel olish uchun muhim ruda hisoblanadi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |