Nikelli qotishmalar
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Nikelli qotishmalar - asosini nikel tashkil qiladigan qotishmalar. Nikelli qotishmalar bosim ostida yaxshi ishlanadi va stanoklarda oson kesiladi. 19-asr oxi-ridan boshlab plastikligi, elektr oʻtkazuvchanligi yuqori boʻlgan mis-nikel qotishmalari keng ishlatila boshladi. Magnit jihatdan yumshoq materiallarga tegishli Ni (40—85%) ning temir bilan ferromagnit qotishmalari texnikada katta rol oʻynaydi. Texnik nikel, kremniyli nikel, xromel, alyumel, nixrom, permalloy kabi Nikelli qotishmalar koʻp ishlatiladi.
Texnik nikel — suyultirilgan toza nikelga oz miqdorda magniy, marganets va kremniy qoʻshilib, aralashmalardan tozalab olinadi. Korroziyabardosh, atmosfera taʼsiriga tur-gʻun qotishma. U kimyo va oziq-ovqat sanoatida, elektrotexnikada, aniq mexanika asboblari yasashda ishlatiladi. Kremniyli nikel — texnik toza nikeldan marganets, mis, oltin-gugurt, uglerod va fosfor aralashmalarini yaxshilab tozalab olinadi. U ra-diolampalar, elektr-vakuum asboblari yasashda qoʻllanadi. Xromel — nikelning asosan xrom bilan qotishmasi va alyumel — nikelning asosan alyuminiy bilan qotishmasi; termoelektr yurituvchi kuchi yuqori. Shuning uchun ulardan 1000° gacha temperaturani oʻlchay-digan termoparalar yasaladi. Permalloy — nikelning asosan temir bilan qotishmasi; magnit oʻtkazuvchanligi yuqori, kuchsiz maydonlarda ham oson magnitlanish va magnitsizlanish xos-sasiga ega material; u elektrotexnika apparatlarining qismlarini yasashda ishlatiladi. Mexanik xossalarining yaxshiligi, kimyoviy tarkibiga qarab fizik-kimyoviy xossalarining turlicha boʻlishi tufayli Nikelli qotishmalar texnikaning turli sohalarida keng qoʻllanadi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |