Kontent qismiga oʻtish

Nikkō-Shirane togʻi

Koordinatalari: 36°47′54″N 139°22′27″E / 36.79833°N 139.37417°E / 36.79833; 139.37417
Vikipediya, erkin ensiklopediya
Mount Nikkō-Shirane
Turi Lava gumbazi, Lava oqimi[1]
Joylashuvi Honshū, Yaponiya
36°47′54″N 139°22′27″E / 36.79833°N 139.37417°E / 36.79833; 139.37417
Yaponiya tabiiy xaritasi
日光白根山


Nikkō-Shirane-san

 

Nikkō-Shirane tog'i (yaponcha: 日光白根山 Nikkō-Shirane-san?) Yaponiyaning asosiy oroli Honshu markazidagi Nikko milliy bogʻida joylashgan stratovulqon hisoblnadi. U 2578 m balandlikda joylashgan[2]. Bu Yaponiya shimoli-sharqidagi eng baland togʻ hisoblanadi (bu togʻning sharqida yoki shimolida undan balandroq togʻlar mavjud emas). Uning choʻqqisi (Okushirane togʻi) andezitdan iborat lava gumbazi togʻidir. Nikko-Shirane togʻi Kyuya Fukada tomonidan taklif qilingan Yaponiyadagi 100 ta mashhur togʻlar roʻyxatiga kiritilgan, shuningdek, mos ravishda Tochigi va Gunma prefekturalarining mashhur togʻlari qatoriga kiradi.

Nikko-Shirane togʻi Gunma prefekturasining boshqa joylaridagi Kusatsu-Shirane togʻi bilan aralashtirib yubormaslik kerak. U Tochigi prefekturasidagi Nikko shahri va Gunma prefekturasi Tone okrugidagi Katashina qishlogʻi oʻrtasidagi chegarada joylashgan.

Nikko Shirane togʻi Shirane vulqoni (Neogen vulqoni) ning togʻlari bilan oʻralgan va koʻpincha yil davomida bulutlar orasida u qadar aniq koʻrinmaydi. Kanto tekisligidan faqat gumbazsimon choʻqqi (toʻrtlamchi vulqon) koʻrinadi.

Qishda, agar ob-havo sharoiti imkon bersa, kechqurunlari tog' cho'qqisi oq tusli bo'lib uzoqdan ko'rish mumkin

Nikko Shirane togʻining choʻqqisi Tochigi va Gunma prefekturalarining eng baland nuqtasi hisoblanadi[3].

Shirane vulqoni atrofidagi hudud Nikko milliy bogʻi sifatida belgilangan boʻlib, unda Goshiki koʻli, Yuno koʻli, Yu sharsharasi, Senjo moor va Odashiro moor kabi turli xil tabiiy maydonlar joylashgan. Belgilangan milliy bogʻ tarkibida alp togʻlari oʻsimliklari muhofaza ostiga olingan.

Bu togʻda avvallari koʻp boʻlgan Sycamore mallow oʻsimligini hozirgi vaqtda deyarli uchramaydi, bu oʻsimliklarning qurib qolishiga Tokio metropoliyasidan kelayotgan ifloslantiruvchi moddalar sabab boʻlgan.

Etimologiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Kanji tilida yozilishi

"Shirane" soʻzi qor bilan qoplangan oq togʻ degan maʼnoni anglatadi, shuning uchun bunday nomni Yaponiyaning koʻp joylarida uchratish mumkin. Bu togʻni boshqa „Shirane“ dan farqlash uchun bu togʻ „Nikko-Shirane“ deb ataladi.

U yapon tilida 白根 (shira-ne) deb yoziladi, ular mos ravishda oq rang va oʻsuimlik ildizning belgilaridir. Okushirane choʻqqisi 奥白根 (oku-shirane) deb yoziladi va eng chuqur yoki eng ichki maʼnosini beradi.

Yaponiyada shunga oʻxshash nomga ega koʻplab togʻlar mavjud boʻlsa-da, Yaponiya geofazoviy maʼlumot boshqarmasi tomonidan chop etilgan „Nantay togʻi“ 1/25 000 topografik xaritadasida[4] faqat Shirane togʻi tasvirlangan.

Vulqon tarixi va faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Togʻ vulqon otilishini bashorat qilish kengashi (Wayback Machine saytida 2022-10-10 sanasida arxivlangan) tomonidan vulqon falokatining oldini olish uchun toʻliq monitoring va kuzatish tizimini talab qiladigan vulqon sifatida etirof etiladi hamda kuzatuv natijalari doimiy eʼlon qilinib turiladi.

Bu Shirane togʻi va Goshiki togʻlari orasidagi eroziya natijasida hosil boʻlgan vulqon boʻlib, uning eng baland choʻqqisi Okushirane togʻi atrofida eski neogen vulqon jinslari koni topilgan. Bu stratovulqon boʻlgan Meshiran, Goshikiyama, Sotoyama va Shiranekakuzan kabi Shirane vulqon guruhining togʻlari joylashgan yangi lava gumbazidan biridir.

Taxminan 5300 yil oldin, bir nechta keng koʻlamli portlashlar sodir boʻlgan va yaqin atrofda choʻkindi jinslar asosida 4 ta portlash boʻlgani taxmin qilinadi.

Ahamiyatli portlashlar va seysmik faolligi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1649-yilda vulqon otilishi natijasida togʻ etaklariga koʻp miqdorda kul tushdi va diametri taxminan 200 m va chuqurligi taxminan 10 m boʻlgan yangi krater hosil boʻldi. Yuqori qismdagi hudud butkul vayronaga aylangan. 1872-yil 14-mayda janubi-gʻarbiy yon bagʻirlikda portlash sodir boʻldi va janubi-gʻarbiy yon bagʻirida diametri 200 m dan ortiq boʻlgan krater paydo boʻldi. 1873-yil 12-martda yana bir portlash amalga oshdi, ammo uning aniq sodir boʻlgan hududi aniq emas. 1889-yil 4-dekabrda Shirane togʻining gʻarbiy yon bagʻridagi Ogava qishlogʻiga qaragan eski kraterda portlash yuz berdi. 1993-1995-yillar davomida turli vaqtlarda zilzilalar va vulqon otilishlari roʻy beridi. 2001-yil 31-mart — aprel oyi boshlarida Shirane-Nikko togʻining shimoli-gʻarbida hamda shimoli-sharqida zilzila, seysmik faollik holati kuzatildi. 2011-yil mart oyida zilzila holati qayd etildi. 2011-yil Tohoku zilzilasi va sunamidan soʻng seysmiklik gʻarb va shimoli-gʻarbda taxminan 5 km, sharqdan janubi-sharqda esa 5 dan 10 km gacha maydonni qamrab oldi.

Piyoda yurish yoʻli

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Togʻga Gunma va Tochigi prefekturalaridan turli yoʻllar orqali borish mumkin. Choʻqqiga olib boradigan asosiy yoʻllar Nikko Yumoto Onsendan Sotoyama tizmasiga qadar; Tengudaira, Mey Shirane, Midagaga hovuzi orqali Suganuma va Goshikiyama/Midagaikedan Kinsey dovoni orqali oʻtadi[5]. Bundan tashqari, Nikko Shirane togʻ arqon yoʻli yordamida togʻ etagidagi Marunumadan taxminan 2000 m balandlikka koʻtarilish mumkin, bu esa koʻtarilishni nisbatan osonlashtiradi. Muntazam yoʻllarning koʻpchiligini may oyining oʻrtalaridan oktyabr oyining oxirigacha toqqa chiqish uchun yaroqli hisoblanadi[6]. Qishda togʻda kuchli qor yogʻishi kuzatiladi va mu mavsumda havo juda sovuq boʻladi. Yuqoridagi sanalardan tashqarida, agar tegishli jihozlarga ega boʻlgan tajribali alpinist boʻlmagan insonlarga, togʻ atrofida piyoda yurish yoki toqqa chiqish tavsiya etilmaydi[7].

Qishki toqqa chiqish

[tahrir | manbasini tahrirlash]

U qadar rivojlanmagan va biroz xavfli boʻlsa-da, qish mavsumida piyoda toqqa chiqishning bir qancha variantlari mavjud. Qishda toqqa chiqishning eng mashhur yoʻnalishlaridan biri dor yoʻli orqali Yumotodagi changʻi maydonidan koʻtarilish va Marunuma arqon yoʻli orqali Mae-Shiranesandan Gunma tomoniga oʻtish yoʻnalishlari mavjud. Ikkalasi ham chuqur qorda uzoq yurishni talab etadi va choʻqqidan taxminan 100 metr pastda joylashgan Goshiki-numa yaqinidagi favqulodda boshpanada tunash tavsiya etiladi. Dekabr oyining oʻrtalaridan aprel oyining oxirigacha boʻlgan vaqt qish mavsumining „eng yaxshi“ davri hisoblanadi. Togʻda eng koʻp qor fevral oyida yogʻadi[8]. Koʻpgina hududlar va boshqa yoʻnalishlar qor koʻchkisi natijasida yopilib qoladi, asosiy tizmalar orasidagi tik soylar bundan mustasno, xususan, sharqiy tomondagi yoʻllarga qor koʻchkisi u qadar ziyon yetkaza olmaydi. Qishda choʻqqida yoki uning atrofidagi harorat −25 ° C (-13 ° F) gacha tushib ketishi mumkin[9][10].


Variatsion toqqa chiqish

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Barcha fasllarda chiqish mumkin boʻlgan, qishda alohida qiyinchilik tugʻdiradigan, xaritada koʻrsatilmagan qor/toshli aralash yoʻllar mavjud. Bu sharqiy togʻ tizma yoʻli (東陵) hisoblanadi. Unga vaqtinchalik boshpana orqali Goshiki-numa oʻrtasidagi yoʻlga chiqish mumkin. Asosiy qoyaga koʻtarilgandan soʻng, oʻng tomondagi choʻqqiga chiqish yoʻli mavjud..

Nikko Shirane Sharqiy tizmasi

Piste-offdan changʻi sporti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qish mavsumida yana bir variant — turli xil piste-off yoʻnalishlarda changʻi uchish mumkin. Tavsiya etilgan start Gunma tomonidagi Marunuma togʻ-changʻi maydonlaridan boshlanadi va choʻqqiga chiqish uchun dor yoʻlidan foydalanadi[11]. Shuningdek, toqqa chiqish yoʻliga yaqin joylashgan sharqiy yoki janubi-sharqiy tizmalarning ikkala tomonidagi soylardan birida changʻi uchish ham mumkin. Bu yerda jarlikning tikligi va chuqur qor tufayli qor ko‘chishi boʻlishi ehtimoli yuqori.

  1. Nikko Shirane San - Geological Survey of Japan
  2. "Japan Ultra-Prominences" (Listed here as "Oku-shirane-san"). Peaklist.org. Retrieved 2013-03-22.
  3. List of Japanese prefectures by highest mountain
  4. „地理院地図 / GSI Maps (in Japanese)|Geospatial Information Authority of Japan“. maps.gsi.go.jp. Qaraldi: 2020-yil 26-aprel.
  5. Mt. Nikkō Shirane Yamakei Online (in Japanese).
  6. 栃木県の山 (Mountains of Tochigi Prefecture, in Japanese) ISBN 978-4-398-76674-8
  7. 山と高知地図 日光 白根・男体 1:50,000 (Nikko; Shirane and Nantai Maps, in Japanese) ISBN 978-4-398-76674-8
  8. Nishida, Shōzō.. Gensen yukiyama tozan rūtoshū. Tōkyō: Yamatokeikokusha, 2014. ISBN 978-4-635-18042-9. OCLC 896817356. 
  9. „Mt. Nikko Shirane Weather“. 天気と暮らす Tenki to Kurasu, in Japanese.
  10. „Shirane Mountain Weather“. Mountain Weather.
  11. Yamasukī rūto nihyakujūni, 212 Mountain Ski Routes (in Japanese), Yama to Keikokusha., 山と渓谷社., Tōkyō: Yamatokeikokusha, 2018. ISBN 978-4-635-47007-0. OCLC 1078643818.