Kontent qismiga oʻtish

Nikola Valentić

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Nikola Valentić
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 6-sentyabr 1983-yil (1983-09-06) (41 yosh)
Tavallud joyi Kapljina, Bosniya va Gersegovina
Boʻyi 1.83 m
Ampluasi oʻng qanot himoyachisi
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
OFK Beograd

Nikola Valentić (serbcha: Никола Валентић / Nikola Valentić; 1983-yil 6-sentyabr Bosniya va Gersegovinada tugʻilgan) — Yugoslaviya va serb futbolchisi, himoyachi.

Nikola Valentić Bosniya va Gersegovinada tugʻilgan[1]. 90-yillarning boshlarida serb Valentićlar oilasi Yugoslaviyani qamrab olgan fuqarolar urushidan qochishga majbur boʻldi. Uning oilasi Belgradga joylashishidan oldin, u mamlakat boʻylab juda koʻp sayohat qilishni istagandi, ular doimiy ravishda yashash joylarini oʻzgartirdilar. 11 yoshida Belgradga kelgach, futbol oʻynashni hohlagan va uni mashgʻulotlarga kiritgan doʻstining talabi bilan deyarli barcha sinfdoshlari kabi OFK maktabiga oʻqishga kirdi. Vaqt oʻtishi bilan Nikola milliy chempionatning ikkinchi divizionida oʻynagan klub asosiy tarkibiga kirdi. 2002-yilda u Serbiya chempionati oliy ligasidan taklif oldi va 2006-yilda Isroilda „Bney Saknin“ klubida koʻzga tashlandi.

Yarim yilni Isroil chempionatida oʻtkazgandan soʻng, „Anzhi“ bilan shartnoma tuzdi va futbolchi ushbu jamoaga koʻchib oʻtdi. Ikki yarim yilni Maxachqal’a klubida oʻtkazgach, Alaniyaga futbol klubiga koʻchib oʻtdi[2]. 2009-yilgi mavsumda u Vladikavkaz klubining eng yaxshi futbolchisi deb topildi[3]. 2010-yil boshida Valentić „Sibir“ futbol klubiga oʻtdi.

Valentić 2012-yil yozida Serbiyaga qaytib, 2013-yil yanvarida Ozarbayjon Premer-ligasi „Gabala“ jamoasi bilan shartnoma imzolashdan oldin „Jagodina“ jamoasiga qo‘shildi[4]. Valentićning „Gabala“ bilan shartnomasi tugagach „Jagodina“ga qaytdi[5].

Oʻyin statistikasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha oʻyin va gollar
Klub Mavsum Liga Milliy Kubok Kontinental Boshqa Jami
Boʻlim Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Anji Maxachkala 2006 Rossiya birinchi divizioni 13 1 - - 13 1
2007 32 1 - - 32 1
2008 33 0 - - 33 0
Jami 78 2 - - - - 78 2
Alania Vladikavkaz 2009 Rossiya birinchi divizioni 28 1 1 0 - - 29 1
Sibir Novosibirsk 2010 Rossiya Premer-ligasi 12 0 1 0 2 0 - 15 0
2011—12 Rossiya milliy futbol ligasi 37 1 1 0 - - 38 1
Jami 49 1 2 0 2 0 - - 53 0
Jagodina 2012—13 Serbiya Superligasi 9 0 1 0 - - 10 0
Gabala 2012—13 Ozarbayjon Premer-ligasi 10 0 0 0 - - 10 0
2013—14 15 0 2 0 - - 17 0
Jami 25 0 2 0 - - - - 27 0
Radnički Niš 2014—15 Serbiya Superligasi 6 0 0 0 - - 6 0
Inđija 2015—16 Serbiya birinchi ligasi 10 0 2 0 - - 12 0
Bežanija 2015—16 Serbiya birinchi ligasi 11 0 0 0 - - 11 0
Qoʻqon 1912 2016 Oʻzbekiston ligasi 13 0 0 0 - - 13 0
Jami 229 4 8 0 2 0 - - 239 4

Shaxsiy hayoti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Valentić turli millatli oilada tugʻilgan. Otasi xorvat, onasi serb. Uning otasi harbiy boʻlib, polkovnik unvoniga koʻtarilgan va urush boshlanganda, Valentićning soʻzlariga koʻra, otasi xizmatda qolishga majbur boʻlgan. Nikola, uning singlisi va onasi turli shaharlarga koʻchib oʻtishgan. Bir muncha vaqt oila otasiz yashadi, hatto bir marta uning vafot etgani haqida xabar ham bor edi, lekin hammasi yaxshi boʻldi va uch oydan keyin Valentićning otasi uyga sogʻ-salomat qaytib keldi.

  1. Nikola Valentic at Srbijafudbal
  2. „Валентич официально стал игроком «Алании»“. 2013-yil 19-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 6-dekabr.
  3. „Никола Валентич — лучший игрок «Алании»“. 2013-yil 19-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 6-dekabr.
  4. „Nicolas has signed a contract with Gabala Valenticlə“. azerisport.com. Qaraldi: 2013-yil 6-fevral.
  5. „Защитник Габалы вернулся в бывший клуб“ (Azerbaijani). azerisport.com. Azerisport. Qaraldi: 2014-yil 12-iyul.