Nikolay Apuxtin (balet artisti)
Nikolay Apuxtin | |
---|---|
Tugʻilgan sanasi | 1924-yil 20-may |
Tugʻilgan joyi | Toshkent (O‘zbekiston) |
Vafot sanasi | 10-noyabr 1996 |
Mukofotlari | ukraincha: Народний артист Української РСР |
|Nikolay Aleksandrovich Apuxtin (ukraincha: Микола Олександрович Апухтін ; 1924-yil 20-may, Toshkent, Oʻzbekiston — 1996- yil 10-noyabr, Kiyev, Ukraina) — sovet va ukrain balet artisti va baletmasteri, 1945-1966-yillarda Ukrainaning Kiyev opera va balet teatri solisti. Ukraina SSR xalq artisti (1960).
Biografiya
[tahrir | manbasini tahrirlash]Nikolay Apuxtin 1924-yil 20-mayda Toshkentda (O‘zbekiston) tug‘ilgan.
1934-1942-yillarda Moskvada, soʻngra Leningrad xoreografiya bilim yurtida tahsil olgann.
1945-1966-yillarda Ukrainadagi T. Shevchenko nomidagi Kiyev akademik opera va balet teatrining artisti. Nikolay lirik-romantik plandagi klassik raqqoss boʻlib, ijro etilgan partiyalari: Zigfrid, Dezire, Lukash, Basil, Albert, Spartak, Feb, Giray, Konrad, Menzer, Danila, Stepan, Sofrondan iborat. Uning ijodi ayniqsa duet raqslari bilan tanilgan: „Ukraina balet tarixida oʻziga xos boʻlib, ayniqsa ular orasida Apuxtin va Lidiya Gerasimchuk dueti barchaga maʼlum va mashhurdir“ [1] .
1951-1971-yillar davomida Kiyev xoreografiya maktabida raqsdan dars bergan. 1971-1975-yillarda Berlin balet maktabida oʻqituvchi lavozimida ishlagan. 1972-1978 va 1981-1996-yillarda — P. Virskiy nomidagi Ukraina raqs ansamblining pedagog-baletmasteri.
1978-1981-yillarda Bolsheviklar madaniyat saroyi (Kiyev) xalq raqs ansamblining badiiy rahbari. 1981-1984-yillarda — Kiyev estrada teatrining xoreograf-baletmasteri.
Manba
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Stanishevskiy Yu. Ukrainskiy baletniy teatr. Kiev: Muzichna Ukraїna, 2008. — S. 244.
Adabiyot
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Turkevich V. D. Ukraina xoreografik sanʼati shaxsiyatda. Kiev, 1999. — S.24-25.
- Stanishevskiy Yu. Ukraina balet teatri. Kiev: Musiqiy Ukraina, 2008. — 411 p.