Nikolay Aristov
Qiyofa
Nikolay Aleksandrovich Aristov (1847 — c. 1903) — rus sharqshunos olim va etnograf.
Etticyv aloqa boshqarmasi qoshida har xil maʼmuriy vazifalarda (1868 — 81) va Yettisuv harbiy gubernatorining yordamchisi lavozimida (1881 — 89) ishlagan. 1883-yildan Rossiya geografiya jamiyatining aʼzosi. Aristov asarlarida qozoq va qirgʻizlarning urugʻ-qabilalari hayoti yoritilgan. Ularda oʻzbek urugʻ va qabilalari haqida ham maʼlumotlar bor. Shuningdek, 19-asr oxiridagi ingliz-afgʻon munosabatlari tarixi, Hindiston bilan chegaradosh afgʻonlarning siyosiy ahvoli va afgʻon xalqining Britaniya mustamlakachilariga qarshi kurashlari ham bayon etilgan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |