Nikolay Benardos
Qiyofa
Nikolay Nikolayevich Benardos (1842 — 1905) — rus ixtirochisi. Metallarni elektr yoyi bilan payvandlash usuli ("elektrogefest")ni kashf qilgan (1882). Payvandlash uchun zarur tok berib turadigan elektr akkumulyatorini yaratgan. Benardos turli sohalar (qishloq xoʻjaligi, transport, metallurgiya va boshqalar)ga oid 100 dan ortiq kashfiyoti uchun Rossiya va chet ellarda patent olgan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |