Nikolay Bogdanov
Qiyofa
Nikolay Bogdanov | |
---|---|
Tavalludi |
27-Aprel 1920-yil Dnepropetrovsk viloyati |
Vafoti |
31-Yanvar 1945-yil Lvov |
Xizmatdagi yillari | 1938 — 1945 |
Unvoni | Podpolkovnik |
Harbiy qism | 34-gvardiyachi artilleriya polkida divizion |
Jang/urush | Ikkinchi jahon urushi |
Mukofotlari | Sovet Ittifoqi Qahramoni va medallar |
Nikolay Dmitriyevich Bogdanov (1920.27.4, Dnepropetrovsk viloyati Lyubimovka qishlogʻi — 1945.31.1, Lvov) — Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi. Toshkentda chizmachi boʻlib ishlagan. 1941-yil iyuldan frontda. 34-gvardiyachi artilleriya polkida divizion komandir boʻlgan. Bogdanov 1943-yil 12—14-sentabrdagi janglarda oʻz artilleriyasi bilan oʻqchi qismlari tomonidan dushmanning Komarovka va Yevlashovka qishloqlaridagi tayanch punktlarini egallashlarida yordam bergan. 1943-yil 16-oktabrda Qahramon unvoniga sazovor boʻlgan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |