Nikolay Gerasimov
Gerasimov Nikolay Mixaylovich | |
---|---|
Tavalludi |
1897-yil Коstroma |
Vafoti |
1974-yil Тoshkent |
Turmush oʻrtogʻi | Gerasimova Antonina |
Bolalari | Gerasimov Vladimir Nikolayevich, Gerasimova Vera Nikolayevna |
Mukofotlari |
Gerasimov Nikolay Mixaylovich — sovet grafik ustasi, akvarel rassomi. SSSR Rassomlar uyushmasi aʼzosi. Sovet Oʻzbekistoni grafika sanʼatining rivojlanishida qatnashgan.
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]N. M. Gerasimov 1897-yilda ishchi oilasida tug‘ilgan. Bolaligidan rasm chizishni yaxshi ko‘rgan va Leningraddagi fabrikalarda ishlaganida rassomlik to‘garagida o‘z rasmlari va akvarel ko‘rgazmalarini tashkil etgan.
1918-1923-yillarda N. M. Gerasimov Qizil Armiya safida xizmat qilgan. Sovet hokimiyatini o‘rnatish uchun basmachilarga qarshi kurashda qatnashgan.
Rasm chizishga bo‘lgan muhabbat uni 1923-yilda VKHUTEINga olib kelgan va 1927-yilda grafika mutaxassisligini tugatgan.
1931-yildan N. M. Gerasimov Oʻzbekistonda yashab, Oʻzgizda badiiy muharrir boʻlib ishlagan, kitoblar tasvirlagan, plakatlar yozgan.
1927-yildan doimiy ravishda respublika va Butunittifoq ko‘rgazmalarida qatnashib kelgan[1].
1942-1945-yillarda Sovet Armiyasi qismlarida fashist bosqinchilariga qarshi jang qilgan, jangovar topshiriqlarni namunali bajargani uchun N. M. Gerasimov SSSR Oliy Kengashi Prezidiumi tomonidan „Harbiy xizmatlari uchun“, „Jasorat uchun“, „Stalingrad mudofaasi uchun“ medallari bilan taqdirlangan[2].
Oldindan olingan taassurotlar boy va mazmunli materialni tashkil etgan, buning asosida rassom urushdan keyin akvarelda „Xabarchi“, „Fashist tili“, „Jangovar postda“ kabi bir qator haqiqiy kompozitsiyalarni yaratgan. Rassom N. M. Gerasimov Oʻrta Osiyo meʼmorchiligining plastik shakllariga maftun boʻlgani uchun „Go‘ri amir“, „Qadimgi Xiva darvozalari“, „Buxorodagi Kalyan masjidi“ va boshqa akvarellarda yaratilgan asarlarida tabiatning koʻr-koʻrona nusxa koʻchirilishini emas, balki, o‘ziga xos „Men“ini ifodalagan. Ekspozitsiyada taqdim etilgan barcha asarlar bir-biriga o‘xshash emas, lekin eng yaxshi asarlarida rassom kompozitsiya, rang berish ustasi, tajribali akvarelist sifatida namoyon bo‘lgan[3].
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ,,Harbiy xizmatlari uchun" medali
- ,,Jasorat uchun" medali
- ,,Stalingrad mudofaasi uchun" medali.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Художники и Ташкент — взгляд на далёкое прошлое. | Iskusstvo v Uzbekistane“. 2018-yil 28-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 26-noyabr.
- ↑ „Подвиг народа“. 2018-yil 9-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 26-noyabr.
- ↑ „Герасимов Николай Михайлович (1897–1974)“. 2018-yil 28-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 26-noyabr.