Nikolay Kogay
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Nikolay Andreyevich Kogay (1926.14.9, Rossiyaning Primorye oʻlkasi) — tabiiy geograf, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1980), geografiya fanlari doktori (1972), professor (1974). Oʻrta Osiyo Davlat universitetini (Toshkent) tugatgan (1951). Mehnat faoliyati shu universitetda oʻtgan. Geografiya fakulteti dekani (1975—1983), tabiiy geografiya kafedrasi mudiri (1975—83). Ilmiy faoliyati Oʻrta Osiyo (Turkiston) oʻlkasi hududini regional tabiiy geografik rayonlashtirish, Oʻzbekiston hududini agroiqlimiy sharoitini aniqlash va rayonlashtirish masalalariga bagʻishlangan. Bir qancha xarita va geografik atlaslarni nashr qilinishida qatnashgan. As: Turanskaya fiziko-geograficheskaya provinsiya, T., 1969; Agroklimaticheskiye usloviya selskogo hozyaystva Oʻzbekistona, T., 1975 (hammuallif); Fizicheskaya geografiya Sredney Azii, 1—2 t., T., 1978-1979.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |