Nikolay Kucherskiy
Nikolay Ivanovich Kucherskiy | |
---|---|
ruscha: Николай Иванович Кучерский | |
Nikolay Kucherskiy (chapda) va Suhrob Kenjayev | |
Navoiy kon-metallurgiya kombinati direktori | |
Mansab davri 1985-yildan – 2008-yilgacha | |
Prezident |
Inomjon Usmonxoʻjayev Rafiq Nishonov Islom Karimov |
Oʻtmishdoshi | Anatoliy Petrov |
Vorisi | Quvondiq Sanaqulov |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
21-iyul 1937-yil Donetsk |
Vafoti |
13-dekabr 2018-yil (81 yoshda) Moskva |
Mukofotlari |
|
Nikolay Ivanovich Kucherskiy (1937-yil 21-iyul, Melitopol, Ukraina SSR, SSSR — 2018-yil 13-dekabr, Moskva viloyati, Rossiya) — konchi-muhandis, metallurg, ishlab chiqarish novatori, "Do‘stlik" ordeni sohibi (1994)[1], Oʻzbekiston Qahramoni (1996), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan injener (1975), texnika fanlari doktori (1999).
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Nikolay Kucherskiy 1937-yil 21-iyulda Melitopolda tugʻilgan. 1961-yilda Dnepropetrovsk konchilik institutini kon muhandisi mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan. Mehnat faoliyatini 1961-yilda Uchquduqdagi Shimoliy ruda boshqarmasida kon ustasi sifatida boshlagan, uchastka boshlig‘i, karer boshlig‘i, bosh muhandis, so‘ngra Markaziy kon boshqarmasi direktori lavozimlarida ishlagan.
N.Kucherskiyning butun mehnat faoliyati Oʻzbekistonning uran va oltin qazib olish sanoati bilan bogʻliq edi.
1985-yilda Navoiy kon-metallurgiya kombinati bosh direktori etib tayinlandi.
1991-yildan "Qizilqumkamyobmetalloltin" davlat konserni Kengashi raisi. Kucherskiy rahbarligi va ishtirokida oltin konlarida kon texnikasini modernizatsiyalash va siklli potok texnologiyani tashkil qilish boʻyicha yirik tadqiqot ishlanmalari bajarildi, Muruntov oltin ajratish majmuining 2- va 3-navbati qurildi, oltin bilan bir qatorda yoʻldosh volfram, kumush, palladiyni ajratib olish texnologiyasi ishlab chiqildi va ishlab chiqarishga joriy qilindi.
N.Kucherskiy – texnika fanlari doktori, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan muhandis, Navoiy davlat konchilik instituti va Toshkent avtomobil yo‘llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiya qilish institutining faxriy professori ko‘plab ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bordi.
Kucherskiy Rossiya Konchilik Fanlar akademiyasi akademik (1992), Xalqaro fanlar, taʼlim, industriya va sanʼat akademiyasining haqiqiy aʼzosi (1997), Xalqaro axborotlashtirish akademiyasining akademigi (2000).
N.Kucherskiy Oliy Majlis deputati etib saylangan, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzosi boʻlgan[2][3].
U 2018-yil 13-dekabrda Moskva yaqinidagi klinikalardan birida vafot etdi.
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Oʻzbekiston Qahramoni (1996-yil 26-avgust) — mamlakat mustaqilligini mustahkamlash, iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, aholi salomatligini saqlashga qoʻshgan ulkan hissasi, shuningdek, ishlab chiqarish tarmoqlaridagi qahramonona mehnati uchun[4].
- „El-yurt hurmati“ ordeni (2000-yil 25-avgust) — mamlakat mustaqilligini, uning iqtisodiy qudratini mustahkamlashga, milliy maʼnaviyatni, madaniyatni yuksaltirishga katta hissa qoʻshgan, oʻz mehnati, ilmiy, jamoat ishi, mehnatsevarligi va vatanparvarligi bilan jamoatchilikning izzat-hurmatiga sazovor boʻlgan uchun[5].
- Fidokorona xizmatlari uchun ordeni (2007-yil 20-iyul) — mamlakatimiz kon-metallurgiya sanoatini rivojlantirishdagi ko‘p yillik samarali mehnati, respublikamiz iqtisodiy salohiyatini mustahkamlashga qo‘shgan ulkan hissasi, shuningdek, jamoat va siyosiy hayotidagi faol ishtiroki uchun[6].
- Doʻstlik ordeni (1994-yil 25-avgust) — fidokorona mehnati, O‘zbekistonda yashovchi barcha millat va elat vakillari o‘rtasidagi do‘stlik va o‘zaro hamjihatlikni mustahkamlashga qo‘shgan shaxsiy hissasi uchun[7].
- V darajali Knyaz Yaroslav ordeni (2007-yil 17-iyul, Ukraina) — Ukraina-O‘zbekiston munosabatlarini rivojlantirishga qo‘shgan ulkan shaxsiy hissasi, samarali ijtimoiy faoliyati uchun hamda tavalludining 70 yilligi munosabati bilan[8].
- III darajali „Buyuk xizmatlari uchun“ ordeni (2002-yil 16-dekabr, Ukraina) — Ukraina va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasidagi iqtisodiy, madaniy va ta’lim sohasidagi hamkorlikni rivojlantirishga qo‘shgan katta shaxsiy hissasi uchun[9].
- Oktabr Inqilobi ordeni (1983-yil).
- Mehnat Qizil Bayrogʻi Ordeni (1970-yil).
- „Shon-sharaf belgisi“ ordeni (1966-yil).
- Ikkita SSSR Davlat mukofoti (1980-yil va 1987-yil).
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „„Xalq so‘zi" gazetasi 1994-yil 26-avgust soni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1994-yil 25-avgustdagi "O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligi e`lon qilinganligining uch yilligi munosabat bilan mukofotlash to‘g‘risida» gi farmon“ (http://press.natlib.uz/).
- ↑ Flagman industrii nezavisimogo Uzbekistana. T., 1997; Zoloto Kizilkumov, T., 1998.
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
- ↑ Указ Президента Республики Узбекистан от 26 avgust 1996 года № УП-1545 «О присвоении звания «Узбекистон Кахрамони»
- ↑ Указ Президента Республики Узбекистан от 25 avgust 2000 года № УП-2705 «О награждении с девятой годовщины независимости Республики Узбекистан группы государственных служащих, работник производства и социально-экономической сферы
- ↑ „N. Kucherskiyni “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlash to‘g‘risidagi Prezident farmoni“. lex.uz. Qaraldi: 16-iyun 2023-yil.
- ↑ Указ Президента Республики Узбекистан от 25 avgust 1994 года № УП-939 «О награждении в связи с 3-ей годовщиной провозглашения независимости Республики Узбекистан
- ↑ „Указ Президента Украины от 17 июля 2007 года № 645/2007 «О награждении Н. Кучерского орденом князя Ярослава Мудрого»“. 2019-yil 26-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 26-may.
- ↑ „Указ Президента Украины от 16 декабря 2002 года № 1161/2002 «О награждении граждан Республики Узбекистан»“. 2019-yil 22-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 22-iyun.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
- 21-iyulda tugʻilganlar
- 1937-yilda tugʻilganlar
- Donetskda tugʻilganlar
- 13-dekabrda vafot etganlar
- 2018-yilda vafot etganlar
- Moskvada vafot etganlar
- Oʻzbekiston qahramonlari
- Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanoat xodimlari
- Fidokorona xizmatlari uchun ordeni sohiblari
- El-yurt hurmati ordeni sohiblari
- Doʻstlik ordeni sohiblari
- 5-darajali Knyaz Yaroslav Mudriy ordeni sohiblari
- Ukrainaning Xizmatlari uchun 3-darajali ordeni sohiblari
- Mehnat Qizil Bayroq ordeni sohiblari
- Oktabr Inqilobi ordeni sohiblari
- Hurmat Belgisi ordeni sohiblari