Kontent qismiga oʻtish

Nikolay Lisenko

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Nikolay Vitalyevich Lisenko [1842.10(22). 3, Poltava viloyati —1912. 24.10 (6.11), Kiyev] — ukrain kompozitori, pianinochi, dirijyor, folklorshunos, jamoat arbobi. Milliy kompozitorlik maktabi asoschisi. Kiyev universitetini tugatgan (1865), Leypsig konservatoriyasida taʼlim olgan (1867— 69). "Poltavalik Natalka" (1889), "Taras Bulba" (1890), "Eneida" (1910) asarlari Ukraina milliy operasining mumtoz namunalariga aylangan. Qoʻshiq, xor va kamer asarlari, ayniqsa, T.Shevchenkoning "Kobzar"iga musiqalari mashhur. L. bir necha folklor ekspeditsiyalarni uyushtirib ukrain, serb, xorvat, makedon va boshqa xalq qoʻshiqlarini toʻplagan, chex, bolgar, turk xalq qoʻshiqlarini qayta ishlagan, ukrain xalq musiqasi (shu jumladan, milliy musiqa cholgʻulari) haqida ilmiy asarlar yozgan. Xor dirijyori sifatida ukrain va boshqa slavyan xalq qoʻshiqlarini, xor ijrochiligini targʻib qilgan. Kiyevda musiqiy-dramatik maktabi (1904; 1918-yildan Lisenko nomidagi Musiqiydramatik institut) ni tashkil qilgan. Urush yillari Muqimiy teatri Ukrain akademik teatri bilan hamkorlikda L.ning "Polta-valik Natalka" operasini sahnalashtirdi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil