Kontent qismiga oʻtish

Nikolay Mayorov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Nikolay Mayorov
Tavalludi 1919-yil 20-may
Vafoti 1942-yil 8-fevral
Smolensk
Ijod qilgan tillari Rus tili
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR

Nikolay Petrovich Mayorov (1919-yil 20-may – 1942-yil 8-fevral) rus shoiri, urush davri ijodkorlaridan biri.

Simbirsk viloyatining Sizran uyezdi Kanadey volostidagi Durovka qishlogʻida (hozirda mavjud emas) ishchilar oilasida dunyoga kelgan. Shoirning oʻsmirlik va ilk yoshlik davri Birinchi Sovet Vatani taqdirini boshidan kechirgan Ivanovo shahri bilan chambarchas bogʻliq. U oʻn yoshidan boshlab shu yerda yashab, shaharning eng nufuzli taʼlim dargohlaridan biri – 9-sonli umumtaʼlim maktabini (hozirda Ivanovo shahridagi 26-maktab) tamomlagan. 1937-yilda Moskva davlat universitetining tarix fakultetiga oʻqishga kirgan. 1939-yildan boshlab bir vaqtning oʻzida M. Gorkiy nomidagi Adabiyot institutida tahsil olgan va Pavel Grigoryevich Antokolskiyning sheʼriyat seminarida ishtirok etgan[1].

1941-yil oktyabrida Nikolay Mayorov Moskva shahridagi Krasnopresnenskiy harbiy komissarligi tomonidan Ishchi-Dehqon Qizil Armiyasi safiga chaqirildi. U 331-oʻqchi diviziyasining 1106-oʻqchi polkidagi pulemyot rotasining oʻqchisi sifatida xizmat qilgan.

Sovet qoʻshinlarining birinchi yirik hujumi paytida – 1942-yil 8-fevralda Smolensk viloyatining Karmanov tumanidagi Barantsevo qishlogʻi yonidagi jangda halok boʻlgan. Uning halok boʻlgan joyi va qabri uzoq vaqt davomida aniqlanmagan edi. Smolensk viloyatining Gagarin tumanidagi Karmanovo qishlogʻidagi birodarlik qabriga dafn etilgan[2].

Uning bir nechta she’ri oʻqish paytida „Moskva universiteti“ gazetasida chop etilgan. 1939 va 1940-yillarda yozilgan ikki dostoni saqlanib qolmagan. Qo‘lyozmalarning koʻp qismi, chamasi, urush boshlanishida saqlash uchun topshirilgan chamadon bilan birga yoʻqolgan. Saqlanib qolgan sheʼriy asarlari uning vafotidan soʻng nashr etilgan.

2013-yilda Nikolay Mayorovning nomaʼlum maktab she’rlari bitilgan uchta daftar topildi (RGALI, f. 1346, op. 4, yed. xr. 101). Bu daftarlarni 1960-yilda Mixail Kulchitskiyning singlisi topshirgan edi. Kulchitskiy Mayorov bilan birga Adabiyot institutida P. Antokolskiy rahbarligidagi seminarda tahsil olgan edi[3].

Ivanovo shahrining koʻchalaridan biri shoir Mayorov nomi bilan atalgan[4].

Mayorovning bronzadan yasalgan byust-haykali Ivanovodagi Adabiyot xiyobonida oʻrnatilgan[5].

  1. http://www.lj.ivanovo.ru/users/melnikov/99723.html Nikolay Mayorov
  2. Sm. Golubev N. „Mi lyubili jizn, no vas mi lyubili bolshe“. Naydena mogila poeta Nikolaya Mayorova. O jizni, lyubvi i tvorchestve ivanovsa pogibshego na fronte // Ivanovskaya oblastnaya gazeta „Rabochiy kray“. 2 oktyabrya 2010. S. 3-4.
  3. Golubev Nikolay. „Kak jil, kogo lyubil, komu ruki ne podal…“ ( at lgz.ru Error: unknown archive URL 20140525213455 sanasida arxivlangan) // Literaturnaya gazeta. 2014. № 20 (6463). S.6.
  4. „Поэта Майорова ул., Иваново“. 2014-yil 25-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 23-sentyabr.
  5. „Архивированная копия“. 2020-yil 15-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 15-yanvar.