Kontent qismiga oʻtish

Nikolay Ostroumov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Nikolay Ostroumov
Tavalludi 15-noyabr 1846-yil
Sasovo, Rossiya imperiyasi
Vafoti 17-noyabr 1930-yil
Toshkent, OʻzSSR, SSSR

Nikolay Petrovich Ostroumov (1846-yil 15-noyabr, Tambov guberniyasi – 1930-yil 17-noyabr, Toshkent) – Rus sharqshunos olimi, tarixchisi va etnografi. Turkistonning ilk tadqiqotchilaridan biri. Qaynotasi professor Nikolay Guryevich Mallitskiy. Islomshunoslikka oid qator asarlar muallifi.

Nikolay Petrovich 1846-yil 15-noyabrda Tambov viloyati, Yelatomskiy tumani, Sasovo qishlogʻida ruhoniylar oilasida tavallud topgan. 1860–1866-yillarda Tambov seminariyasida, soʻngra 1866–1870 yillarda Qozon diniy akademiyasida tahsil olgan. U yerda „missionerlik maqsadida“ turkiy va arab tillari va islom dinini oʻrgangan. Akademiyada N. I. Ilminskiy va G. S. Sablukovlar uning ustozlari boʻlgan[1].

1871-yilda akademiyani magistrlik darajasi bilan tamomlagan. Nikolay Qozon seminariyasida islom tarixi va taʼlimotidan, shuningdek, tatar va arab tillaridan dars bergan.

Toshkentdagi hayot davri

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nikolay Petrovich 1877-yilda ustozi Ilminskiyning iltimosiga koʻra Toshkentga kelgan va Turkiston oʻlkasi xalq maktablari inspektori lavozimiga tayinlangan. 1879-yildan Turkiston oʻqituvchilar seminariyasi, 1883-yildan Toshkent erkaklar gimnaziyasi direktori lavozimlarida faoliyat olib borgan.

Ostroumov 1883–1917-yillarda Toshkentda chiqadigan „Turkiston viloyatining gazeti“ning muharriri boʻlgan. Uning ishtirokida A. S. Pushkin („Baliqchi va baliq haqidagi ertak“), L. N. Tolstoy („Odamlar qanday yashaydi“) asarlari, „Qadimgi Misrning qisqacha tarixi“, „Kolumb hayoti“ risolalari yaratilgan, „Ilmning afzalliklari haqida“, „Jismoniy geografiyadan hikoyalar“, „Dunyoning barcha qismlarining geografik xaritasi“ va boshqa kitoblar oʻzbek tilida nashr etilgan. Mahalliy mualliflar, jumladan, shoir Furqat, tarixchi olim Sattorxon Abdugʻafforov, xayrixoh Mirzo Buxoriyning maqolalari rus tiliga tarjima qilingan va nashr etilgan[2].

Osrtoumov Oktyabr inqilobidan soʻng sovet idoralarida ishlagan. Oʻlkashunoslikka oid koʻpgina ilmiy asarlar muallifi. Oʻzbekiston xalqining hayoti va turmush sharoitini yaxshi bilgan. Nikolayevning ayrim asarlari Toshkent shahriga bagʻishlangan. Masalan: „Toshkentdan Samarqandgacha“, „Toshkent shahrining soʻnggi Shayxulislomi va qozi-kaloni aka-uka Oyxoʻja va Hakimxoʻjalar“. 1915-yildan Toshkent hududida arxeologik kuzatishlar olib borgan (sobiq Nikiforov yerlarida, Shohnishintepa va boshqalar). Turkiston arxeologiya havaskorlari toʻgaragining tashkilotchilaridan va faol aʼzolaridan boʻlgan. Shu bilan birga Ostroumov monarxizm va pravoslav missionerligi ruhida tarbiyalangan boʻlib, Rossiya imperiyasi tarkibida yashagan xalqlarni ruslashtirish siyosati tarafdori boʻlgan. Nikolay Ostroumov oʻzbek jadidlari tomonidan tashkil etilgan koʻplab gazeta va matbuot nashrlaridan xavotirga tushib, oq podshoga bildirishnoma yozib Turkiston jadidlari tomonidan tashkil etilgan gazeta va matbuot nashriyotlarini yopdirishni talab qilgan va bunga erishgan. Ostroumovning ushbu urinishlari natijasida oʻzbek jadidlariga tegishli „Taraqqiy“, „Xurshid“, „Shuhrat“, „Osiyo roʻznomalari“ gazetalari yopdirilib yuborilgan[3].

Nikolay Petrovich 1907-yilda Mahtimqulining sheʼrlar toʻplamini va Muqimiyning „Devoni“ dan parchalarni nashr etgan. 1910-yilda uning „Sartov tilining etimologiyasi“ asari nashr etgan[4].

1885-yildan 1886-yilgacha Britaniya Bibliya Jamiyati nomidan Yevangeliyaning toʻrtta kitobini oʻzbek tiliga tarjima qilgan, keyinchalik ular 1891-yilda Leipzigda nashr etilgan.

Ostroumov 1893-yilda ochilgan Turkiston arxeologiya havaskorlari toʻgaragi asoschilaridan biri boʻlgan. 1904-yil may oyida Markaziy va Sharqiy Osiyoni oʻrganish boʻyicha Rossiya qoʻmitasining muxbir aʼzosi boʻlgan[5].

1917–1921-yillarda oʻzi tugʻilib oʻsgan Sasovo qishlogʻida yashagan hamda 1921-yildan keyin Toshkentda dars bergan[6].

Nikolay 1930-yil 17-noyabrda Toshkent yaqinidagi Lunacharskoye qishlogʻida vafot etgan va Toshkentdagi Botkin qabristoniga dafn etilgan.

  1. „Просмотр документа - dlib.rsl.ru“. dlib.rsl.ru. Qaraldi: 2023-yil 29-noyabr.
  2. Остроумов Н.П.. Сарты. Этнографические материалы, Ташкент, 1896. 
  3. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  4. Pomoщ pri perevode Yevangeliya na uzbekskiy yazik emu okazival mestniy jitel po imeni Sattarxan.
  5. V tot moment uslovno nazivaemie „Yevangelie na yazik sartov“
  6. V nastoyaщee vremya – severo-vostochnaya chast Tashkenta