Nikolay Pak
Qiyofa
Nikolay Semyonovich Pak (1922.5.5, Xitoy) – rangtasvir ustasi, Oʻzbekistonda xizmat kursatgan sanʼat arbobi (1979). Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institutini tugatgan (1960). 2-jahon urushi qatnashchisi (1941—46). 1946-yildan Oʻzbekistonda. 1960-yildan Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institutida pedagog, 1981-yildan dotsent, 1989-yildan professor P. asarlari oʻzbek xalqi (jumladan, qishloq) hayotiga, urfodatlariga bagʻishlangan: „Choʻpon Sobirov“, „Qahramon ona“, „Suv keldi“, „Mehmonda“, „Ayol mehnati“ va boshqa P., shuningdek, turkum asarlar ham yaratgan: „Vyetnam bolalari“, „Amerika bolalari“ va boshqa[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |