Kontent qismiga oʻtish

Nikolay Rerix

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Nikolay Konstantinovich Rerix [1874.27.9 (9.10), Peterburg — 1947.13.12, Nagar, Hindistonning Panjob shtati] — rus rassomi, arxeolog, jamoat arbobi. Peterburg Badiiyot akadimyasida oʻqigan (1893—97), Parijda malakasini oshirgan (1900—01). Rassomlarni ragʻbatlantirish jamiyati kotibi (1901-yildan) va uning qoshidagi racm maktabi direktori (1906—18). Peterburg Badiiyot akadimyasi akademik (1909-yildan). "Sanʼat dunyosi" birlashmasi aʼzosi (1910—19 yillar uyushma raisi). 1918-yildan xorijda (AQSH va Hindistonda) yashagan. R. ijodi mavzuini uning arxeologiya hamda slavyan va Skandinaviya mamlakatlariga, 20-yillardan buddizmga boʻlgan qiziqish belgiladi ("Dozor", 1905; "Tibet. Monastir", 1942; ikkalasi ham Rus muzeyida); dastlab tarixiy mavzularda asarlar yaratgan Rerix ijodida keyinchalik manzara, tabiat koʻrinishlari yetakchi oʻrinni egallay boshladi: "Chopar" (1897), "Dengiz ortidan kelgan mehmonlar" (1901), "Shahar qurmoqdalar" (1902) va boshqa

Rerix, shuningdek, teatr dekoratsiyasi (I.V.Stravinskiy, "Muqaddas bahor" baleti, 1913; A.P.Borodin, "Knyaz Igor" operasi, 1914 va boshqalar) va monumental sanʼatda ham ijod qilgan. Markaziy va Sharqiy Osiyoda yirik ekspeditsiyalar uyushtirgan (1924—28 va 1934—35) hamda qimmatbaho arxeologik va etnografik materiallar toʻplagan.

20-yillardan maʼrifatparvarlik faoliyati olib borgan R. jahon ax/1ining diqqatini jahon madaniy yodgorliklarini saqlashga qaratdi; u ilgari surgan ("Rerix pakti" deb atalgan) yoʻnalish asosida 1954-yilda koʻp mamlakatlar tomonidan maʼqullangan "Harbiy toʻqnashuvlar chogʻida madaniy yodgorliklarni himoya qilish" Xalqaro Gaaga konvensiyasi imzolangan.

Rerixning oʻgʻli rassom Svyatoslav Nikolayevich (1904—1991) 1919-yildan Londondagi Qirollik akademiyasida, soʻng AQShning Kolumbiya va Garvard untlarida meʼmorlikdan taʼlim olgan; 1926. yilda ilk bor Hindistonga borgan, 1936-yildan esa oʻsha yerda muqim yashagan. Otasi R.ning ijodiy anʼanalarini davom ettirgan, portret (otasi Rerix portreti, 1937 va boshqalar), ramziy va janrli asarlar, ayniqsa, manzaralar ("Himolay, quyoshning botishi", 1971 va boshqalar) yaratgan. Oʻzbekistonda R. asarlari koʻrgazmalari tashkil qilingan (1999).[1]

Moskvada xalqaro R.lar markazi tashkil qilingan (1991).

  1. "RERIX Nikolay Konstantinovich" OʻzME. R-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil