Kontent qismiga oʻtish

Nikolay Shin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Nikolay Sergeyevich Shin (1928-yil 24-avgust, Uzoq Sharq oʻlkasi) – rangtasvir ustasi, Oʻzbekiston Badiiyot akadimyasi akademik (1997), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1987).

1940-yildan Oʻzbekistonda. Benkov nomidagi Respublika rassomlik bilim yurti (1949) va Toshkent teatr va rassomlik sanʼati instituti (1960)ni tugatgan. Toshkent teatr va rassomlik sanʼati instituti (1956—88) va Respublika rassomlik bilim yurti (195]58, 19932004) da dars bergan. Sh. Oʻzbekiston tasviriy sanʼatida oʻziga xos yoʻnalish (maktab) yaratdi (shogirdlari B. Jalolov, E.Muhammadiyev, ʼ.Nazarov va boshqalar), asarlarining asosiy mavzusi oʻzbek, koreys xalqlari tarixi va buguni hamda inson taqdiriga bagʻishlangan; rangtasvirda yaratgan mahobatli kartina, portret, manzara, natyurmort va boshqalar asarlari bilan shuhrat qozondi: „Svetlana“, „Xotira yoʻllari“, „Hayrat“, „Soʻqoq madhiyasi“, „Quyoshga“, „Sevgi afsonasi“, „Hosil bayrami“ va boshqalar; shuningdek, „Yil fasllari“, „Chirchiq kvadratlari“ kabi turkum asarlar muallifi hamdir. 1960-yildan Respublika va xalqaro badiiy koʻrgazmalarda mishtirok etadi[1].

  • Koreya Respublikasining „Oltin toj“ ordeni bilan takdirlangan (1997).
  • „Doʻstlik“ ordeni bilan mukofotlangan (1997)[2].
  • Yeremyan R. V., Shin. Jizni tvorchestvo, T., 2003.