Kontent qismiga oʻtish

Nikolay Svinarchuk (askar)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Nikolay Davidovich Svinarchuk
Hayot davri 1920—1983-yillar
Tavalludi 1920-yil 20-yanvar
Mirzachoʻl, SSSR
Vafoti 1983-yil 1-yanvar (62 yosh)
Turkiston viloyati, SSSR
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Xizmatdagi yillari 19401945
Unvoni Starshina
Jang/urush Ikkinchi jahon urushi
Mukofotlari
«Mehnatda jasorat ko’rsatgani uchun (Harbiy jasorati uchun) yubiley medali. Vladimir Ilich Lenin tavalludining 100 yilligi munosabati bilan ta’sis etilgan»

Nikolay Davidovich Svinarchuk – Ishchi-dehqonlar Qizil Armiyasi faxriysi, Sovet Ittifoqi Qahramoni, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi.

Nikolay Svinarchuk 1920-yil 20-sentyabrda Mirzachoʻl tumanida tugʻilgan. Umumtaʼlim maktabni tugatgandan soʻng, Ishchi-dehqonlar Qizil Armiyasi safiga qabul qilingan. Nikolay 1942-yilning avgust oyida Ikkinchi jahon urushida jangga kirishgan. Jang mobaynida ikki marotaba yaralangan[1].

1944-yil kichik serjant Nikolay Svinarchuk Belarus fronti 70-armiyasi komandirining yordamchisi boʻlgan. 1944-yil 26-iyulda Kshna daryosi orqali Biala Podlaska shahriga yetib borib, u yerdagi jangda ishtirok etgan. 1944-yil 27-iyulda Nikolayning Bogukal harbiy guruhi nemislarning avtomagistraldagi qarshi hujumini muvaffaqiyatli qaytarib, 1 ta bronetransportyor, 3 ta mashina va 150 ga yaqin dushman askar va zobitlarini yoʻq qilishga erishgan. 415-piyoda harbiy guruh komandiri Medinsev ushbu holatga quyidagicha taʼrif bergan[2]:

Kshna daryosining shimoliy qirgʻogʻidagi nemis qoʻshinlari bilan jang qilish boʻyicha topshiriq oldik. Nemis askarlari ogʻir artilleriya bilan turishardi. Guruhdagi komandir yaralangan edi. Shu payt kichik serjant Nikolay Svinarchuk daryoni birinchi boʻlib kesib oʻtishga qaror qildi. Qoʻlidagi quroli bilan dushman qoʻshinining xavfli nuqtalariga qaratib ot ochdi va guruhning xavfsizligini taʼminladi...

SSSR Oliy Soveti Prezidiumining 1945-yilda qabul qilgan 24-sonli buyrugʻi bilan nemis bosqinchilariga qarshi kurashda koʻrsatgan jasorati va qahramonligi uchun „Sovet Ittifoqi Qahramoni“ ordeni bilan taqdirlangan. Nikolay Svinarchuk, shu bilan birga „Oktyabr Inqilobi ordeni“, „Lenin ordeni“, 2-darajali „Shon-sharaf ordeni“ hamda yana bir qancha ordenlar bilan mukofotlangan[3].

Ikkinchi jahon urushi yakunlangandan keyin, Nikolay Svinarchuk Qozogʻiston SSRning Lenger shahriga demobilizatsiya qilingan.

1983-yil 1-yanvarda Janubiy Qozogʻistonning Toʻlebiy tumanidagi Doʻstlik qishlogʻida vafot etgan va shu yerda dafn qilingan.

  1. „Nikolay Svinarchuk“ (ru). Герои страны.
  2. „Geroy Sovetskaya Soyuz“. Qaraldi: 7-sentabr 2023-yil.
  3. „Svinarchuk Nikolay Davidovich“. Pamyat Naroda. Qaraldi: 7-sentabr 2023-yil.