Nikolay Xachaturov
Nikolay Grigoryevich Xachaturov (14-iyun 1907-yil Toshkent 17-fevral 1989-yil) – aktyor. Oʻzbekiston xalq artisti (1966). Faoliyatini Yosh tomoshabinlar teatrida boshlagan (1935-1936). 1938-yildan M.Gorkiy nomidagi rus drama teatrida ishlagan. Xachaturov xarakterli aktyor boʻlib, qahramonlarining eng kichik xislatlarini ham oʻtkir shtrixlarda berish, koʻproq satiraga moyil hayot voqealarini boʻrttirib, kulguli tasvirlash uning ijodiga xos boʻlgan. Lyudoviko (Lope de Vega, „It pichan yemaydi, oʻzgaga ham bermaydi“), Vurm, Qirol Filipp (F. Shiller, „Makr va muhabbat“, „Don Karlos“), Murzavetskiy (A.Ostrovskiy, „Boʻrilar va qoʻylar“), Jevakin (N.Gogol, „Uylanish“), Yepixodov (A. Chexov, „Olchazor“), Baron (M.Gorkiy, „Tubanliqda“), Mamat, Mulladoʻst (Hamza, „Paranji sirlari“, „Maysaraning ishi“), Nurbobo (I.Sulton, „Nomaʼlum kishi“), Dunkan (U.Shekspir, „Makbet“), Don Kixot va Servantes (D. Vasserman, D.Derion, „Lamanchlik kishi“), Konsul (G.Mdivani, „Konsulni oʻgʻirlashdi“) kabi rollari bilan shuhrat qozondi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |