Kontent qismiga oʻtish

Nikolay Yablonovskiy

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Nikolay Mixaylovich Yablonovskiy (1908.20.12, Don viloyati Morozov stansiyasi — 1971.1.1, Toshkent) — pianinochi, pedagog. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1950). Moskva konservatoriyasini (1934), uning Oliy mahorat maktabini (1936) tugatgan. 1938-yildan Toshkent konservatoriyasida oʻqituvchi (1952-yildan professor), kamer xonandalik sinfining tashkilotchisi, kamer musiqa kafedrasi mudiri (1954— 71); shuningdek, Oʻzbekiston radioqoʻmitasi va Oʻzbek davlat filarmoniyasida yakkaxon sozanda boʻlgan. Ya., ayniqsa, qadimiy klavesin musiqasi hamda Gaydn, Motsart, Shopen, List, Ravel, Debyussi, Musorgskiy, Stravinskiy va boshqalarning fortepiano asarlarini mohirona talqin etgan.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil