Kontent qismiga oʻtish

Nikolay Yushmanov

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Yushmanov Nikolay Vladimirovich [1896.12(24).2, Peterburg 1946.2.4, Leningrad] — rus tilshunossharqshunosi. SSSR Fanlar akademiyasi muxbir aʼzosi (1943). 1931—46 ylarda SSSR Fanlar akademiyasi Til va tafakkur institutida ishlagan. Ilmiy faoliyatini 1911-yildan interlingvist sifatida, yaʼni xalqaro sunʼiy til yaratish muammosi haqida maqolalar eʼlon qilish bilan boshlagan. Bu faoliyat natijasi oʻlaroq "Xorijiy soʻzlar grammatikasi" (1933), "Yer sharidagi lotin yozuvlari uchun ochqich" (1941), "Tillar aniqlagichi" (1941) asarlarini yaratadi. Yu., shuningdek, yozuv va yozma nutq nazariyasi, yangi alifbolar yaratish, terminologiyani tartibga solish bilan ham shugʻullangan, ammo ilmiy faoliyatining asosiy yoʻnalishi somhom (afroosiyo) tillarini oʻrganish boʻlgan. Yu.ning "Arab adabiy tilining grammatikasi" (1928) asari bilan Rossiyada arab adabiy tilini zamonaviy lingvistik tahlil metodlarini qoʻllagan holda oʻrganish boshlangan.

  • Grammatika literaturnogo arabskogo yaznka, L., 1928 (3izd. M., 1985); Grammatika inostrannnx slov, v kn.: Slovar inostrannnx slov, M., 1937; Stroy amxarskogo yaznka, L., 1936; Stroy yaznka xausa, L., 1937; Klyuch k latinskim pismennostyam zemnogo shara, M., 1941.