Nikopol jangi
Nikopol jangi — Bolgariyaning Nikopol shahri yaqinidagi jang (1396.25.9). Sultan Boyazid boshchiligidagi turk armiyasi (taxminan 200 ming askar) bilan venger qiroli Sigizmund qoʻmondonligidagi salibchilar qoʻshini (taxminan 70 ming askar; fransuzlar, italyanlar, inglizlar, ispanlar, chexlar va boshqalar) oʻrtasida boʻlgan. Salibchilarning magʻlubiyati bilan tugagan. Bu gʻalaba natijasida Turkiya Bolqon yarim oroldagi hukmronlik mavqeini mustahkamlab olgan[1].
24 ta davlat ittifoqidan iborat Sigizmund boshchiligidagi venger otliq qoʻshinlari 1396-yil Nikopol jangida Usmonli imperiyasiga magʻlub boʻldi. Oz sonli Bolqon ittifoqi qoʻshini daryodan kechib oʻtib, jang maydonini tark etishdi. Bu gʻalabadan soʻng Boyazid Yildirim I bevosita butun Yevropaga tahdid sola boshladi. Uning keyingi maqsadi Sharqiy Rim Imperiyasining poytaxti Konstantinopolni egallash edi[manba kerak].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |