Kontent qismiga oʻtish

Nimfalidlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Nimfalidlar (Mymphalidae) -kunduzgi kapalaklar turkumi. Qanotlari yozilganda 25–80 mm, ustki gomoni chiroyli naqshindor. Qurtlarining tanasida pixlari va kutikulyar oʻsimtalari boʻladi. 2 mingga yaqin turi maʼlum. Turlari tropik va subtropik mintaqalarda ayniqsa xilma-xil. Kapalaklari yaxshi uchadi; ayrim turlari migratsiya kiladi. Yosh qurtlari oʻrgimchak toʻriga oʻxshash uchlarida gʻuj boʻlib yashaydi. Oʻtlar, baʼzan daraxtlar bargi bilan oziqlanadi; koʻpchiligi biron oʻsimlik turiga ixtisoslashgan oligofaglar. Gʻumbagi tanasida yaltiroqdogʻlar bor; boshini pastga osiltirib biron narsaga yopishib oladi. Yosh kapalaklik yoki qurtlik davrida qishlaydi. N. orasida sadafdorlar, tasmalilar, shashkalilar, qichitqon oʻt kapalaklari, turli rangli kapalaklar, motamsaro kapalaklar, admiral, gelikonidlar va boshqa koʻpchilikka tanish.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil