Kontent qismiga oʻtish

Nina Gill

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Nina GillNina Gill
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi Luziana, Panjob, Hindiston
Millati Britaniyalik
Siyosiy partiyasi Leyborist
Turmush oʻrtogʻi John Towner
Bolalari 1
Istiqomat joy(lar)i London, Angliya
Alma mater
Vebsayti www.neenagillmep.eu

Nina Gill, CBE - Britaniyadagi Mehnat partiyasi siyosatchisi. U dastlab 1999-yildan 2009-yilgacha, so'ngra 2014-yildan 2020-yilgacha G'arbiy O'rtayerlar uchun Yevropa Parlamenti (MEP) a'zosi bo'lib ishlagan.

Yoshligi va karyera

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gill Hindistonning Panjob shtatining Luiziana shahrida tug'ilgan.[1] U o'n yoshida oilasi bilan Birlashgan Qirollik (Buyuk Britaniya)ga ko'chib kelgan. Uning otasi tadbirkor edi.[2] Gillning birinchi ishi 16 yoshida kutubxonada ishlash bo'lgan.[3] U 1979-yilda Liverpuldagi Joon Moores universitetini tamomlagan va ijtimoiy fanlar boʻyicha bakalavr darajasini olgan[4] U talabalar uyushmasining vitse-prezidenti edi.[5] Keyinchalik Gill 1984-yilda Chartered Housing Institutida aspiranturada o'qidi va 1996-yilda London biznes maktabida yuqori darajali boshqaruv dasturini tamomladi.

O'qishni tamomlagandan so'ng, Gill stajyor hisobchi sifatida ish boshladi lekin faqatgina 6 hafta ishladi xolos, keyin Ealing London Borough Councilda uy-joy bo'limi bo'yicha ishladi.[6] 29 yoshida Gill ASRA guruhining bosh ijrochi direktori bo'ldi va bu uni Buyuk Britaniya uy-joy assotsiatsiyasining birinchi ham ayol, ham oq tanli bo'lmagan va eng yosh ijrochi direktoriga aylantirdi.[7]/> Keyinchalik u Newlon Housing Group kompaniyasining bosh direktori bo'lib ishladi.[8]

Yevropa parlamenti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Leyboristlarning 1997-yildagi saylovlardagi muvaffaqiyatidan oldin, Gill partiyaning ijtimoiy siyosatini ishlab chiqishda yordam berish uchun leyboristlarning kabinet a'zolari bilan birga ishlagan.[9] 1999-yilda u Yevroparlamentda osiyolik birinchi ayol deputat etib saylandi.[10] 1999 va 2009-yillar oralig'ida G'arbiy O'rtayer vakili sifatida Gill turli lavozimlarda ishladi, jumladan Hindiston bilan aloqalar bo'yicha va Janubiy Osiyo va SAARC mamlakatlari bilan aloqalar bo'yicha delegatsiya prezidenti bo'lib faoliyat olib bordi. Shuningdek, u Huquqiy masalalar qo'mitasi va Byudjet qo'mitasining a'zosi edi.

Gill 2009-yilda uchinchi muddatga Yevroparlament deputati sifatida qayta saylanish istagida edi, lekin muvaffaqiyatsizlikka uchradi[11] Parlamentda ishlamayotgan paytida u SAS dasturiy ta'minot kompaniyasining korporativ ishlar (Yevropa va Osiyo Tinch okeani) bo'yicha vitse-prezidenti bo'lib ishlagan.[12][13]

Gill 2017-yilda BREXIT va Hindistonni muhokama qilmoqda

2014-yilda u G'arbiy O'rtayer uchun ikki leyborist deputatdan biri (ikkinchisi Siyon Simon) etib qayta saylandi.[14] Bu muddat davomida u Iqtisodiy va valyuta ishlari bo'yicha qo'mitaning, soliq qarorlari, moliyaviy jinoyatlar, soliq to'lashdan bo'yin tovlash va qochish bo'yicha maxsus qo'mitaning a'zosi sifatida faoliyat yuritgan, bundan tashqari, u Hindiston va AQSh o'rtasidagi aloqalar bo'yicha delegatsiyaning bir qismi edi.[15] Ayniqsa u moliyaviy jabxalarni tartibga solish bo'yicha faol bo'lgan va 2015-yilgi Yevropa pul bozori fondlari (MMF) ni tartibga solish jarayonida reportyor sifatida ishlagan.[8]

2017-yilda Gill Hindiston hukumati tomonidan NRI'larga beriladigan eng yuqori mukofot boʻlgan Pravasi Bharatiya Sammanning Buyuk Britaniyadagi ikki gʻoliblaridan biriga aylandi (ikkinchisi konservativ deputat Priti Patel edi).[16] Xuddi shu yili u 2017-yilgi Yangi yil bayrami taqdirlash marosimida Britaniya Imperiyasi ordeni (CBE) qo'mondoni etib tayinlandi.[17] 2018-yil iyul oyida esa Gill Liverpul John Moores universitetining faxriy a'zosi bo'ldi.[18]

U 2019-yilgi Yevropa parlamenti saylovlarida Gʻarbiy O'rtayer uchun leyboristlar deputatlarining yagona vakili sifatida qayta saylangan.[19] Gill Iqtisodiy va valyuta masalalari qo'mitasining a'zosi sifatidagi ishini davom ettirdi. 2019-yil sentabr oyida Gill Yaponiya bilan aloqalar boʻyicha delegatsiya tarkibiga rais sifatida va ACP-YEI qoʻshma parlament assambleyasiga rais oʻrinbosari va ilmiy-tadqiqot koordinatori sifatida qoʻshildi.[20]

Shaxsiy hayot

[tahrir | manbasini tahrirlash]

U 1982-yilda atrof-muhit bo'yicha maslahatchi doktor Jon Taunerga turmushga chiqdi va ularning bir o'g'li bor. Ular 2009-yilda ajrashishdi[21][9]

  1. „Gill, Neena“. UK Who's Who. Qaraldi: 17-sentabr 2019-yil.
  2. „One of a kind“. Politico (2-aprel 2003-yil). Qaraldi: 17-sentabr 2019-yil.
  3. „5 questions with... Neena Gill“. The Parliament Magazine (3-may 2017-yil). Qaraldi: 17-sentabr 2019-yil.
  4. Johnson, Steve. „Political animal stalks EU money funds“. Financial Times (23-noyabr 2014-yil). Qaraldi: 17-sentabr 2019-yil.
  5. „Honorary Fellow Neena Gill CBE“. Liverpool John Moores University (13-iyul 2018-yil). Qaraldi: 17-sentabr 2019-yil.
  6. „Honorary Fellow Neena Gill CBE“. Liverpool John Moores University (13-iyul 2018-yil). Qaraldi: 17-sentabr 2019-yil.
  7. „One of a kind“. Politico (2-aprel 2003-yil). Qaraldi: 17-sentabr 2019-yil.
  8. 8,0 8,1 Johnson, Steve. „Political animal stalks EU money funds“. Financial Times (23-noyabr 2014-yil). Qaraldi: 17-sentabr 2019-yil.
  9. 9,0 9,1 „One of a kind“. Politico (2-aprel 2003-yil). Qaraldi: 17-sentabr 2019-yil.
  10. „Harman's office Thatcher U-turn“. BBC News (16-sentabr 2009-yil). Qaraldi: 17-sentabr 2019-yil.
  11. „European elections 2009: West Midlands region“. The Daily Telegraph (26-may 2009-yil). Qaraldi: 17-sentabr 2019-yil.
  12. „Neena Gill, Member of European Parliament for the West Midlands (Labour)“. University of Warwick. 2019-yil 2-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17-sentabr 2019-yil.
  13. „Neena Gill“. Women Economic Forum. Qaraldi: 17-sentabr 2019-yil.
  14. „West Midlands“. BBC News. Qaraldi: 17-sentabr 2019-yil.
  15. „8th parliamentary term“. European Parliament. Qaraldi: 17-sentabr 2019-yil.
  16. „Pravasi Bharatiya Samman Awards-2017“. Ministry of External Affairs (9-yanvar 2017-yil). Qaraldi: 17-sentabr 2019-yil.
  17. „New Year's Honours 2017: CSV“. gov.uk (30-dekabr 2016-yil). 2018-yil 16-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 16-avgust.
  18. „Honorary Fellow Neena Gill CBE“. Liverpool John Moores University (13-iyul 2018-yil). Qaraldi: 17-sentabr 2019-yil.
  19. „European election 2019: Brexit Party tops West Midlands polls“. BC News (27-may 2019-yil). Qaraldi: 17-sentabr 2019-yil.
  20. „9th parliamentary term“. European Parliament. Qaraldi: 17-sentabr 2019-yil.
  21. „Gill, Neena“. UK Who's Who. Qaraldi: 17-sentabr 2019-yil.