Niobatlar
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Niobatlar — niobat kislota tuzlari. N. jumlasiga meta — MeNbO3 va orto — Me3Nb04, piro — Me4Nb207 va poliniobatlar Me2OnNb2O5 kiradi. Bu yerda Me — bir valentli kation, p=2n-1,2. 2, 3, 4 valentli metallarning N. i ham maʼlum. Rangi qora, baʼzan sariq, qizgʻish va qoʻngʻir-qora. Ishuriy va ishqoriy-yer metallarning N. i issiqqa chidamli moddalar. Ular yuqori temperaturada suyuklanadi (Mas, NaNbO31417° da, KNbO3 1039° da suyuqlanadi). N.ning tabiiy birikmalari (tarkibida niobiy boʻlgan murakkab minerallar) koʻpincha pegmatitlar va granitlarda dala shpatlari (asosan, albit) bilan birga uchraydi. N. guruhiga ilmenorutil, piroxlor, eshinit kabi minerallar ham kiradi. Ishqoriy metallar va baʼzi metallarning N.i suvda oz eriydi. Koʻpchilik metallarning N.i segnetoelektrik va pyezoelektrik xossalarni namoyon qiladi. Shuning uchun ulardan keramik segnetokondensatorlar va pyezoelektr kuchaytirgichlar tayyorlanadi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |