Kontent qismiga oʻtish

Nishat bogʻi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Nishat bogʻi
Nishat Bagh
Nishat bogʻi
Turi Boburiy bogʻlari
Manzil Srinagar, Kashmir
Area 19 gektar (47 akr)
Opened 1633 (390 yil avval) (1633)
asoschisi Asafxon, Nurjahon begimning akasi
Egasi  Jammu va Kashmir turizm departamenti
Operated by Jammu va Kashmir turizm departamenti
Veb-sayt jktourism.org

Nishat bogʻi – Hindistonning Jammu va Kashmir ittifoqidagi Srinagar yaqinida, Dal koʻlining sharqiy tomonida qurilgan terasli Boburiylar bogʻi. Bu Kashmir vodiysidagi ikkinchi yirik Boburiy bogʻi. Nishat bogʻi Dal koʻli boʻyida joylashgan. „Nishat bogʻi“ soʻzi urducha boʻlib, „hursandchilik bogʻi“, „hurmat bogʻi“ degan maʼnoni anglatadi[1][2].

Nishat Bogʻi
Nishat bogʻida quyosh botishi

Dal koʻli qirgʻogʻida joylashgan, Zabarvon togʻlari koʻrinib turadigan hududda joylashgan Nishat bogʻi Pir Panjal togʻ tizmasi ostidagi koʻl manzarasiga ega bogʻdir. Bogʻ 1633-yilda Nurjahon begimning katta akasi Osif Xon tomonidan loyihalashtirilgan va qurilgan[2][3][4].

Latifalarning birida, imperator Shoh Jahonning bunday ajoyib bogʻni koʻrib, unga hasad qilgani, bu esa bogʻga ancha vaqtgacha qayta tashrif buyurmaganligi, haqida hikoya qilinadi.

1633-yilda qurib bitkazilganidan soʻng, Shoh Jahon bogʻni koʻrib, uning ulugʻvorligi va goʻzalligiga yuksak baho bergan. Taxminlarga koʻra, qaynotasi Osifxon unga bogʻni sovgʻa qilishidan umid qilgan. Biroq, Osifxondan bunday taklif tushmagach Shoh Jahon bogʻning suv taʼminotini toʻxtatishga buyruq bergan. Keyinchalik bogʻ bir qancha muddat huvillab qoldi. Osifxon kimsasiz bogʻda yolgʻiz sayr qilgan. U daraxt soyasida, ayvonlardan birida dam olayotganda, xizmatkori xabar topgach, Sholimar bogʻidan keladigan suv manbasini yoqqib qoʻygan. Osifxon suv va favvoralarning shovqinini eshitgach, darhol suv taʼminotini uzib qoʻyishni buyurgan. Chunki u imperatorning holat sababli gʻazablanishidan qoʻrqqan. Xizmatkor va xon baxtiga bogʻdagi bu voqeani eshitgan Shoh Jahon uning buyrugʻiga boʻysunmaganidan bezovta boʻlmagan. Buning oʻrniga u xizmatkorning xoʻjayiniga sodiq xizmatini maʼqullagan. Shundan soʻng, qaynotasi Osif Xonga bogʻni suv bilan taʼminlash huquqini bergan[1][5].

Bogʻda Boburiylar imperatori Olamgir II ning qizi va imperator Jahondarshohning nabirasi Zuhra Begim dafn etilgan.

Qurilish rejasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nishat bogʻning rejasi Fors bogʻlarining kontseptual modeliga asoslangan boʻlib, Kashmir vodiysida tanlangan joyning topografik va suv manbalari sharoitlariga mos ravishda qayta qurilgan. Bogʻ tarxi uchun, sharq-gʻarbiy uzunligi 548 metr (1,798 ft) boʻlgan toʻrtburchaklar sxemasi va kengligi 338 metr (1,109 ft) qabul qilingan[1][5].

Arxitekturasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nishat bogʻida chinor va sarv daraxtlari bilan qoplangan keng kaskadli ayvonlar bor, ular koʻl qirgʻogʻidan boshlanib, tepalikdagi sunʼiy fasadgacha boʻlgan hududda ekilgan. Dal koʻlining chetidan koʻtarilib, oʻn ikkita Zodiak belgilarini ifodalovchi oʻn ikkita 12 terasa bunyod etilgan. Biroq, u faqat ikkita boʻlimga ega, yaʼni jamoat bogʻi va Shalimar Bogʻning toʻrt qismiga nisbatan Zanana yoki haram uchun shaxsiy bogʻ. Ulardan farq ikkinchi bogʻning Boburiy imperatoriga, Nishod bogʻ esa uning saroyidagi bir zodagonga tegishli boʻlgani bilan bogʻliq. Biroq, Shalimar bogʻi bilan baʼzi oʻxshashliklar mavjud, masalan, sayqallangan tosh kanali va terassalari. Ikki bogʻning suv manbai bir xil. Sharq-gʻarbiy yoʻnalishda qurilgan yuqori terassada Zenana bogʻi barpo etilgan, pastki terassa esa Dal koʻliga ulangan. Gopi chanqogʻi deb nomlangan buloq bogʻlarni toza suv bilan taʼminlaydi. Bogʻ yaqinida bir nechta eski Boburiylar davriga oid binolari mavjud[1][2][3][4][5][6].

Bogʻning yuqori qismidan oʻtadigan markaziy kanalning kengligi 4 metr (13 ft), suv chuqurligi 20 centimetr (7.9 in) ni tashkil etadi. Suv yuqoridan yoʻl sathidagi birinchi terassaga birinchi kaskadda oqib tushadi. Barcha terassalarda suv kanali boʻylab hovuzli favvoralar bunyoq etilgan. Kanallarni kesib oʻtish joylarida skameykalar mavjud[1][5].

Oʻn ikkita terassa

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Nishat bogʻidagi ayvonlarda qurilgan favvoralar

Barcha terrassalar orasida ikkinchi terassa boshqalaridan tuzilishiga koʻra ajralib turadi. Ikkinchi terassa shuningdek, koʻplab fors nilufarlari va pansies gullasi hamda kaskad suvining koʻpirib oqishi sababli ham ancha goʻzal manzara hosil qiladi[7]. Nishat bogʻidagi yana bir qiziqarli xususiyat – deyarli har bir sharsharaning boshiga oʻrnatilgan koʻplab toshlar va marmar taxtlar hisoblanadi[5].

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 „Shalimar Gardens in Srinagar“. Archnet.org. 2010-yil 18-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 29-dekabr.
  2. 2,0 2,1 2,2 Bindloss, Joe. India. Lonely Planet, 2007 — 353–354, 360-bet. ISBN 978-1-74104-308-2. Qaraldi: 2009-yil 29-dekabr. „Dal Lake.“ 
  3. 3,0 3,1 „Dal Lakes“. 2012-yil 29-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 29-dekabr.
  4. 4,0 4,1 „Srinagar Attractions: Nagin Lake“. 2012-yil 22-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 28-dekabr.
  5. 5,0 5,1 5,2 5,3 5,4 Stuart, C.M. Villiers. Gardens of the Great Mughals (1913). READ BOOKS, 2008 — 168–169, 171-bet. ISBN 978-1-4097-1962-5. Qaraldi: 2009-yil 30-dekabr. 
  6. Plumptre, George. The Water Garden. London: Thames & Hudson Limited, 1993 — 38–39-bet. ISBN 0-500-01571-6. 
  7. „Mughal Gardens!“. 2010-yil 12-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 30-dekabr.