Nishboshsoy
Qiyofa
Nishboshsoy | |
---|---|
Nishboshsoy quyi oqimida | |
Tavsif | |
Uzunligi | 30 |
Davlat | Oʻzbekiston |
Nishboshsoy |
Nishboshsoy - Toshkent viloyatidagi soy. Qurama tizmasining shim. yon bagʻridan, 3550 m balandlikdagi uncha katta boʻlmagan qorlikdan boshlanadi. Uzunligi 30 km, havzasining maydoni 180 km². Yuqori oqimi — Qashqasoy, oʻrta oqimi Lash-karaksoy bilan qoʻshilgunga qadar Loyak-soy deb ataladi. Yuqori va oʻrta oqimida chuqur, yon bagʻirlari tik vodiyda oqadi. Quyi oqimida 2—3 koʻhna qayiri (terrasa) bor. Qor va yomgʻir suvlaridan toʻyinadi. Oʻrtacha yillik suv sarfi 2,55 m³/ sek. Suvi koʻpayganda (mart—iyun) suv sarfi 3,52 m³/sek.dan 8,66 m³/sek. gacha oʻzgarib turadi. Umumiy uz. 141 km boʻlgan 75 ta irmogʻi bor. Eng yiriklari: Kichik Qashqasoy, Toʻrtkoʻl, Parak, Terakli, Beshsandiq va boshqa[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |