Kontent qismiga oʻtish

Nishigō (Fukushima)

Koordinatalari: 37°8′30.1″N 140°9′19.3″E / 37.141694°N 140.155361°E / 37.141694; 140.155361
Vikipediya, erkin ensiklopediya
Nishigō

西郷村
Qishloq
Skyline of Nishigō
Nishigō
Bayroq
Nishigō
Gerb
37°8′30.1″N 140°9′19.3″E / 37.141694°N 140.155361°E / 37.141694; 140.155361
Mamlakat Yaponiya
Viloyat Tōhoku
Tuman Nishishirakawa tumani
Prefektura Fukushima prefekturasi
Maydon 192.06 km2 (74.15 kv mi)
Rasmiy til(lar)i yapon
Aholisi
 (2020-yil 1-mart)
20 351
Zichligi 110 kishi/km2
Vaqt mintaqasi UTC+9:00
Telefon kodi 0248-52-2111
Nishigō xaritada
Nishigō
Nishigō
Kashi Onsen

Nishigō (yaponcha: 西郷村 Nishigō-mura?)Yaponiyaning Fukushima prefekturasida joylashgan qishloqdir. 1-mart, 2020-yil holatiga koʻra, qishloqda 7618 ta xonadonda 20351 nafar aholi istiqomat qiladi va aholi zichligi har kvadrat kilometrga 110 kishidan toʻgʻri keladi. Qishloqning umumiy maydoni 192,06 kvadrat kilometrni (74,15 mi²) tashkil etadi[1].

Nishigō Abukuma daryosi vodiysining yuqori oqimida, janubi-markaziy Fukushima prefekturasida joylashgan boʻlib, janubda Tochigi prefekturasi bilan chegaradosh. Bu taxminan Tokiodan 185 km shimolda joylashgan.

  • Togʻlar: Sanbonyaridake (1916,9 m)
  • Daryolar: Abukuma daryosi
  • Koʻllar: Nishigo toʻgʻoni, Akasaka toʻgʻoni

Qoʻshni munitsipalitetlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Demografiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yaponiya aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra[2], Nishigō aholisi soʻnggi 50 yil ichida koʻpaygan.

Aholining oʻsishi
YilAholi±%
19206,5—    
19307,059+8.6%
19407,523+6.6%
195011,438+52.0%
196011,373−0.6%
197010,454−8.1%
198012,744+21.9%
199016,194+27.1%
200018,642+15.1%
201019,767+6.0%
202020,808+5.3%

Nishigō nam iqlimga ega. Nishigōda oʻrtacha yillik harorat 10.0 °C (50.0 °F),yillik oʻrtacha yogʻingarchilik 1,438 mm (56.6 in) ni tashkil qiladi, eng yomgʻirli oy esa sentyabr oyidir. Avgustda eng yuqori harorat 25.4 °C (77.7 °F) atrofida va eng pasti yanvarda, taxminan 0.9 °C (33.6 °F) atrofida boʻladi[3].

Hozirgi Nishigō hududi qadimgi Mutsu viloyatining bir qismi edi. Bu hudud Edo davrida Shirakawa domenining bir qismi boʻlgan. Meydzi restavratsiyasidan soʻng, Iwaki provintsiyasining Nakadōri mintaqasidagi Nishishirakawa tumanining bir qismi sifatida tashkil etilgan. Nishigō qishlogʻi 1889-yil 1-aprelda zamonaviy munitsipalitetlar tizimini yaratish bilan tashkil etilgan.

Nishigō qishloq xoʻjaligi va ishlab chiqarishning aralash iqtisodiyotiga ega.

Taʼlim tizimi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nishigōda beshta davlat boshlangʻich maktabi va qishloq hukumati tomonidan boshqariladigan uchta davlat oʻrta maktabi mavjud. Qishloqda oliy maktab yoʻq, ammo, Fukushima prefekturasi taʼlim kengashi bitta maxsus taʼlim maktabini boshqaradi.

  • Nishigō birinchi oʻrta maktabi
  • Nishigō ikkinchi oʻrta maktabi
  • Kavatani oʻrta maktabi
  • Odakura boshlangʻich maktabi
  • Kumakura boshlangʻich maktabi
  • Yone boshlangʻich maktabi,
  • Habuto boshlangʻich maktabi
  • Kawatani boshlangʻich maktabi

Temir yoʻllar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sharqiy Yaponiya temir yoʻl kompaniyasi — Tōhoku Shinkansen

  • Shin-Shirakawa

Magistral yoʻllar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Tōhoku magistral linyasi — Shirakawa kesishuvi
  • 4-milliy yoʻnalish
  • 289-milliy yoʻnalish

Nishigōlik taniqli odamlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]