Nitridlar
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Nitridlar — azotning elektr musbat elementlar, asosan, metallar bilan hosil qilgan birikmalari. Koʻpincha N. deganda tarkibida azot va biror metall boʻlgan birikmalar tushuniladi. N. tuzilishi va xossasiga koʻra 3 guruhga boʻlinadi: ion bogʻli, kovalent bogli va metall bogʻli N. (yoki metallsimon N.). Ishqoriy va ishkrriy-yer metallarning nitridlari, Mas, K3N, CaN2, mis va rux nitridlari ion bogʻli N.ga kiradi. V, Al, Si, Ga, Ge kabi elementlarning nitridlari (BN. A1N, SiN4, GaN, GeN4) kovalent bogli N.ga kiradi. Bular kimyoviy taʼsirlarga chidamli, qiyin suyuqlanadigan va termik barkaror moddalardir. Metall bogʻli N. azotning baʼzi elementlar bilan birikishidan hosil boʻladi. Masalan, TiN, Cr2N, TaN, Ta2N va hokazo. W2N, Ti3N, Mn4N oʻta qattiq, moʻrt, qiyin suyuklanadigan birikmalar. N. tex-nikaning turli sohalarida, jumladan, yarimoʻtkazgichlar ishlab chiqarishda keng qoʻllanadi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |