Kontent qismiga oʻtish

Nitrillar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Nitrillar — organik radikallar bilan bogʻlangan bitta yoki bir necha sian guruhi —C=N ni saqlovchi organik birikmalar. N. izonitrillar + R — N = S izomerlaridir. N. nomi, odatda, karbon kislotalarining nomidan keltirib chiqariladi, bunga misol qilib atsetonitril CH3CN ni sirka kislota nitrili, adipodinitril NC(CH2)4CN ni adipin kislota di-nitrili deb atalishini koʻrsatish mumkin. N.ni sianid kislota hosilalari sifatida ham qaraladi (SN2= CHCH2CN — allilsianid va hokazo).

N. — rangsiz suyuqlik yoki qattiq moddalardir. Suvda oz, koʻpgina organik erituvchilarda yaxshi eriydi, elektrofillar va nukleofillar bilan taʼsirlashadi, metallar tuzlari bilan kom-plekslar hosil qiladi, aproton muhitda galogenvodorodlar bilan ham taʼsirlashadi, spirtlar va tiollar bilan imidoefirlar yoki tiomidatlar tuzlarini beradi. Karbon kislotalar bilan qizdirilgan N. imidlarga aylana-di, ammiak bilan yoki birlamchi yoki ik-kilamchi aminlar bilan amidinlar beradi, gidroksilamin amidoksim, gidrazon esa amidazon hosil qiladi. N. magniyorganik birikmalar bilan birikib, magniy almashgan ketiminlarga, ular esa gidrolizlanib (kislotali muhitda) ketonlarga aylanadi. N. fos-forning galogenli birikmalari bilan fosfazobirikmalar (iminofosforanlar) beradi. Ritter reaksiyasi orqali N.ga olefinlar yoki ularning funksional hosilalarini taʼsir ettirish yoʻli bilan amidlar olish mumkin. N.dan tetrazollar, piridin xreilalari, tri-azinlar, iminonitrillar, zanjirli ketonlar, aminobirikmalar, aldegid va boshqa birikmalar olinadi.

N. amidlarni degidratlash, sianid kislota tuzlarini alkillash, uglevodorodlarni ammonoliz qilish, spirtlarga ammiak taʼsir ettirish yoki boshqa yoʻllar bilan olinadi.

N. eritmalar, radikal-zanjir reaksiyalar initsiatorlari sifatida, sunʼiy tolalar olishda xom ashyo, plastifikatorlar, dori-darmon va pestitsidlar ishlab chiqarishda qoʻllanadi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil