Kontent qismiga oʻtish

Nitritlar

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Nitritlar — nitrit kislota tuzlari. Ishqoriy metallar va ammoniy N.i koʻproq, ishqoriy-yer metallar, qoʻrgoshin va kumush N.i nisbatan kam-roq ishlatiladi. Kaliy, natriy, bariy N.i suvda yaxshi eriydi, kumush, simob, mis N.i esa oz eriydi. N.ning aksariyati spirt, efir va boshqa organik erituvchilarda juda oz eriydigan termik bekaror birikmalar. Faqat ish-qoriy metallarning N.i parchalanmay suyuklanadi, qolganlari 25—300° da parchalanadi. N.ning ajralish jarayoni murakkab boʻlib, parallel va ket-ma-ket reaksiyalarni oʻz ichiga oladi. Asosiy gazsimon ajralish mahsulotlari — NO, NO2, N2 va O2, qattiq moddalar sifatida metall oksidi yoki elementar metall boʻladi. Neytral muhitda N. azot (N)-oksid NO gacha kay-tariladi, kislotali muhitda esa nit-ratlargacha oksidlanadi. Organik galo-genidlar bilan reaksiyaga kirishib organik N. RONO qamda nitrobi-rikmalar hosil qiladi. Sanoatda nit-rozo gazini (NO+NO2 aralashmasi) ishqoriy metallar karbonatlari yoki gidroksidlari eritmalariga yuttirish (absorbsiyalash) yoʻli bilan olinadi. Boshqa metallarning N.i NaNO2 ga metallarning tuzlarini taʼsir ettirib almashinish reaksiyasi yordamida yoki shu metallar nitratlarini qaytarish yoʻli bilan olinadi. Azo boʻyagichlar sintezida, kaprolaktam ishlab chiqarishda, oziq-ovqat konservantlari oʻrnida, rezina ishlab chiqarishda, toʻqimachilik va metallni qay-ta ishlash sanoatida oksidlovchi va kaytaruvchi, amilnitrit C5HnONO va boshqa tibbiyotda qon tomirni kengaytiruvchi modda sifatida ishlatiladi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil