Kontent qismiga oʻtish

Nitrofos

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Nitrofos, nitrofosfat — tarkibida azot, fosfor boʻlgan murakkab mineral oʻgʻit. Unda oʻrta hisobda 20% dan N va R2O5boʻladi. Oldin apatit konsentratini yoki fosforitlarni nitrat kislota bilan, shuningdek, nitrat kislotaning sulfat yoki fosfat kislota bilan aralashmasi yordamida parchalab, keyin ammiak yoki b. asoslar bilan ney-trallab olinadi. Pretsipitat, ammiakli selitra va gipedan yoki pretsipitat, ammofos va ammiakli selitradan ibo-rat donacha (granula)lar holida ishlab chikariladi. Donadorligi bir xil, yaxshi elanadi. N. kaliyli oʻgʻit ishlatilishi talab qilinmaydigan tuproklarga so-linadi. U hamma ekinlar uchun asosiy va ekishdagi oʻgit sifatida qoʻllanadi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil